AQŞda ikkita öta qudratli GBU-57 Massive Ordnance Penetrator (MOP) bombasi sinovdan ötkazildi. Sinov ötkazilişi videosi YouTube’dagi The Aviationist kanalida joylaştirilgan.
Ma'lum qilinişiça, bombalar B-2 Spirit strategik bombardimonçi samolyotidan taşlangan.
Videoda bomba samolyotdan taşlangandan keyin uning dum qismidagi stabilizatorlari oçilib, söngra bomba yer tomon “şönğiganini” köriş mumkin.
GBU-57 korrektsiyalanuvçi aviatsiya öq-dorisi hisoblanib, bunkerlarni yöq qilişga möljallangan. Bomba katta kuçga ega bölib, bir donasi 13,6 tonna keladi va 60 metr qalinlikdagi betonni teşib öta oladi. Bomba GPS-navigator bilan jihozlangan. Mutaxassislar amerikaliklar bunday “şoh-bombalar”ni Şimoliy Koreyadagi bunkerlarni yöq qiliş uçun qöllanişi mumkinligini aytişadi.
GBU-57 bombasi 2007 yilda Eron va Şimoliy Koreyadagi yer osti istehkomlarini yöq qiliş uçun işlab çiqilgan. Biroq keyinroq Pentagonda bomba bu maqsadlar uçun yetarliça kuçli emasligi aytilgan va u modernizatsiya qilingan. Bombani yaratişga ketgan umumiy qiymat 400 mln dollarga yaqinni taşkil qiladi.













