AQŞ energetika vazirligining Yadro xavfsizligi milliy boşqarmasi (NNSA) AQŞ harbiy-havo kuçlari kömagida 8 avgustda Nevada ştatida B61-12 yadro bombasi yangi modifikatsiyasining ikkita sinovini ötkazgan. Bu haqda NNSA matbuot xizmati ma'lum qildi.
Sinovlar Tonopa poligonida ötkazilgan. Jangovar zaryadsiz bölgan bombalar F-15E bombardimonçi samolyotidan taşlangan. Sinovlar vaqtida tadqiqotçilar bombaning “noyadroviy” funksiyalari va bombardimonçining yadro qurolini taşiş va kerakli nuqtaga yetkazişga qodirligini baholaşgan.
“B61-12’ning xizmat muddatini uzaytiriş dasturi jadval böyiça ketmoqda va milliy xavfsizlik talablariga javob beradi”, deb aytdi NNSA direktorining mudofaa dasturlari böyiça örinbosari Fil Kalbos.
B61-12 bombalari AQŞ yadroviy arsenalida B61 bombasining 4 ta boşqa modifikatsiyasi (B61-3, -4, -7, -10) örnini egallaydi. NNSA rahbari Frenk Klottsning aytişiça, modernizatsiya evaziga B61-12 bombasi yana kamida 20 yil xizmat qilişi mumkin.
B61 yadro bombasini yaratiş işlari 1963 yilda boşlangan. AQŞ harbiy muhandislari bombani yaratiş ustida 2 yil işlaşgan. Söngra u seriyali işlab çiqarişga qöyilgan. Keyinçalik bomba muntazam ravişda özgartirib va takomillaştirib borilgan. Bombaning uzunligi 3,58 m, diametri 33 sm, oğirligi 320 kgdan 500 kg gaça keladi. Bombaning yadro zaryadi 0,3 kilotonnadan 300 kilotonnadan köproqqaçani taşkil qiladi.













