Vazirlar Mahkamasi 14.08.2020 yildagi «Fuqarolar yiğinlari faoliyati samaradorligini baholaşning reyting tizimini takomillaştiriş töğrisida»gi 485-son qarorni qabul qildi.
Norma’ning yozişiça, prezidentning 18.02.2020 yildagi «Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni soğlomlaştiriş, mahalla institutini yanada qöllab-quvvatlaş hamda oila va xotin-qizlar bilan işlaş tizimini yangi darajaga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF-5938-son farmoniga muvofiq, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari tuzilmasida:
- fuqarolar yiğini raisining 4 ta örinbosari lavozimlari tugatilgan, ularning örniga yangilari – fuqarolar yiğini raisining uçta örinbosari, ikkita maslahatçisi va bitta mutaxassis lavozimlari kiritilgan;
- tugatilgan 6 ta komissiya (yaraştiriş, ma'rifat va ma'naviyat masalalari böyiça, ijtimoiy qöllab-quvvatlaş böyiça, voyaga yetmaganlar, yoşlar va sport masalalari böyiça, tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantiriş masalalari böyiça, jamoatçilik nazorati va iste'molçilarning huquqlarini himoya qiliş böyiça) örniga ikkita: oilaviy qadriyatlarni mustahkamlaş, ijtimoiy qöllab-quvvatlaş va jamoatçilik nazorati böyiça komissiya taşkil qilingan;
- «Mahalla posboni» jamoatçilik tuzilmasi tugatilgan.
Qaror bilan quyidagilarni nazarda tutuvçi Fuqarolar yiğinlari faoliyati samaradorligini baholaşning reyting tizimi töğrisidagi nizom tasdiqlandi:
- fuqarolar yiğinlari faoliyatini reyting baholaşning umumiy asoslari;
- fuqarolar yiğinlari faoliyati samaradorligini reyting baholaşning asosiy körsatkiçlari va metodikasi;
- reyting baholaşning şaffof tartibi;
- reyting baholaş natijalari böyiça fuqarolar yiğinlari xodimlari va jamoatçilik asosida faoliyat yuritayotgan şaxslarni rağbatlantiriş tartibi.
Qaror bilan quyidagilar nazarda tutilgan:
- vazirliklar, idoralar va boşqa taşkilotlar Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligining Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, Toşkent şahar va tuman (şahar) bölinmalarining söroviga muvofiq zarur ma'lumotlarni taqdim etadilar. Bunda ma'lumotlarning asoslanganligi, işonçliligi va belgilangan muddatda taqdim etilişi uçun ma'lumotni kiritayotgan idoralarning birinçi rahbarlariga şaxsiy javobgarlik yuklatiladi;












