AQŞ prezidenti Donald Tramp oxirgi kunlarda tartibsizliklar girdobida qolgan Kenoşa (Viskonsin ştati) şahriga milliy gvardiya xizmatçilarini yubordi. Ştat gubernatori Toni Evers federal yordamni qabul qilişga rozi bölgan.
Kenoşada tartibsizliklar 29 yoşli afroamerikalik Jyeykob Bleyk politsiya tomonidan jarohatlangandan keyin boşlangan edi. Ştatda tartibsizliklar sababli favqulodda vaziyat rejimi kiritilgan.
“Men tartib tiklanişi uçun Kenoşaga federal huquq-tartibot idoralari va milliy gvardiyani yubormoqdaman! Biz AQŞ köçalaridagi talonçiliklar, öt qöyişlar, zöravonlik va qonunsizlikka çidab turmaymiz”, deb yozgan Tramp tvitterda.
Ştatda kiritilgan favqulodda vaziyat rejimi tezkor xizmatlarga infratuzilma va madaniy obektlarni himoya qilişda yordam beriş imkonini beradi. Kenoşada tungi vaqt komendantlik soati kiritilgan.
AQŞ politsiyasining navbatdagi jabrdiydasiga aylangan Jyeykob Bleyk ikki ayol örtasidagi janjalni töxtatiş vaqtida politsiyaçilardan biri tomonidan öqqa tutilgan. Bleyk voqea joyiga kelgan politsiyaçilar buyruğiga böysunmay, öz maşinasiga ötirmoqçi bölganda politsiyaçilardan biri uning orqasidan 7 marta öq uzgan. Bleyk oğir ahvolda şifoxonaga yetkazilgan va u hozirda öz huşida. Olingan jarohatlar oqibatida uning belidan pastki qismi falajlangan. Bleykning advokatlari unga yana yurib ketişi uçun “möjiza” kerak bölişini aytişmoqda.
100 ming kişilik Kenoşadagi uşbu hodisa AQŞda politsiya va hukumatga qarşi yangi noroziliklarni keltirib çiqargan. Viskonsindagi tartibsizliklar komendantlik soatiga qaramay bir neça kundan beri davom etmoqda. Namoyişçilar dökonlarni talaşmoqda, köplab obektlarga öt qöyişmoqda. 25 avgustda mahalliy AYoQŞlardan biri yonida yuz bergan mojaro vaqtida ikki kişi otib öldirilgan, yana bir kişi jarohat olgan.








