Buloqboşi tumanidagi 37 ta mahallada istiqomat qiluvçi 142 ming 195 nafar aholining 8 ming 776 nafari işsiz hisoblanib, işsizlik darajasi 13,6 foizni taşkil etadi. Tuman hokimi O‘. Mamurov investitsiya loyihalarini amalga oşiriş, fermer xöjaliklari, muzlatkiç omborlari hamda ijtimoiy obektlarda xizmat körsatişni taşkil etiş hisobiga yaratilayotgan 7ming 801 ta böş iş örinlari haqida ma'lumot berdi.


Şuningdek, hududdagi 787 xonadon “temir daftar”ga kiritilgan. Ötgan davrda şundan 118 oila a'zolarini tadbirkorlikka yönaltiriş, işlab çiqariş korxonalariga işga joylaştiriş evaziga oylik daromadlarini 3 million sömdan oşirişga erişildi.
Sessiya davomida Xalq deputatlari viloyat Kengaşi deputati Muborakxon Xolmirzayeva yiğilganlarga “Temir daftar”ga kiritişning me'yori bormi? degan savolni örtaga taşladi. Uning sözlariga köra, ba'zi oilalarda nogiron fuqarolar bor. Turmuş şaroiti esa boşqalarnikidan yaxşi. Oilaning boşqa a'zolari daromadi yetarli. Şunday bölsa-da, ba'zilar röyxatga kiritişni talab qilyapti.


Oliy Majlis Qonunçilik Palatasi deputati Tölqin Karimov hozirda şunday holatlarning oldini oliş maqsadida hisobotlarni elektron yuritiş masalasida iş olib borilayotganligini ta'kidladi. Deputatning fikri taklif sifatida qayd etildi.

Şuningdek, sessiyada aholining ehtiyojmand qatlamini qöllab-quvvatlaş, tadbirkorlikni rivojlantiriş, budjet daromadlarini oşiriş va xorijda mehnat qilib qaytgan işsiz fuqarolarni işga joylaştiriş kabi masalalarda amalga oşirilgan işlar hamda kelgusidagi rejalar xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegişli qaror qabul qilindi.
Jahongir Sodiqjonov










