Andijon viloyati Buloqboşi tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Furqatbek Bötaxonov Buloqboşi tumani hokimi lavozimida iş boşladi.

Furqatbek Bötaxonov 1985 yilda Xöjaobod tumanida tuğilgan. 2013 yilda Andijon qişloq xöjaligi institutini tamomlagan. 

Mehnat faoliyati davomida moliya, elektr ta’minoti, iqtisodiyot, investitsiya va aholi bandligini ta’minlaş sohalarida ğaznaçi, hisobçi, bölim boşliği, boş mutaxassis hamda tuman hokimi örinbosari lavozimlarida işlagan. 

U uşbu lavozimiga tayinlanguniga qadar Buloqboşi tumani hokimining birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Bundan oldin Ötkirbek Ma’murov Andijon viloyati Marhamat tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. U Buloqboşi tumani hokimi sifatida işlab kelayotgandi.