«Döstlik-2» bekatidan «Qöyliq» bekatigaça bölgan yönaliş uzunligi 11 kilometr bölib, 7 ta bekat barpo etilgan. Birinçi bekatdan oxirgisigaça 19 daqiqada yetib oliş mumkin.

Yönalişda har biri 4ta vagondan iborat 4ta poyezd qatnaydi. Infratuzilma kuniga 46 ming yölovçiga xizmat körsatiş imkoniyatiga ega.

Bekatlar milliy kolorit asosida, öziga xos dizaynda qurilgan. Ular yölovçilarga qulaylik yaratuvçi zamonaviy texnologiyalar, yöl kira haqini elektron tölaş imkonini beruvçi turniketlar, eskalator bilan jihozlangan.

Loyiha amalga oşirilişi prezident Şavkat Mirziyoyevning doimiy nazoratida bölganini qayd etiş joiz. Davlat rahbari loyihalaştiriş va quriliş jarayonlari bilan bir neça bor bevosita tanişib, taklif va tavsiyalarini berib bordi.

Kun.uz muxbiri poytaxt hayotidagi öziga xos voqelikning ilk onlarini tasvirga muhrladi.

Eslatib ötamiz, yerusti halqa metrosi 5ta bosqiçda amalga oşirilişi rejalaştirilgan. 2-bosqiçda Qöyliq bozori bilan yerosti metrosining «Olmazor» bekati boğlanadi. Uçinçi bölib «Beruniy», undan keyin «Bodomzor» bekatigaça bölgan qism quriladi. Sönggi bosqiçda esa halqa metro liniyasi yana «Döstlik» bekatiga ulanadi. Bu yöllarning jami uzunligi qariyb 55 kilometr, bekatlar soni esa 35 ta bölişi rejalaştirilgan.