Özbek Milliy akademik drama teatri direktori, Özbekistonda xizmat körsatgan artist Fathulla Mas'udov 57 yoşida olamdan ötdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Kun.uz’ga ma'lum bölişiça, marhum sönggi haftalar davomida koronavirusdan davolanayotgandi. U koronavirusning oğir formasini boşdan keçirgan.

Fathulla Mas'udov 1963 yilda Toşkent şahrida tavallud topgan. 2015 yildan buyon Özbek Milliy akademik drama teatri direktori lavozimida işlab kelayotgandi. 1999 yili «Şuhrat» medaliga sazovor bölgan, 2003 yili «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan artist» unvoni bilan mukofotlangan. 2014 yilda «Mehnat şuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.

Eslatib ötamiz, 25 avgust kuni Özbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova koronavirus oqibatida vafot etgandi.