O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova olamdan o‘tdi
O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi, O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova bugun, 25 avgust kuni 73 yoshida vafot etdi. Bu haqda Kun.uz’ga «Kino» mediaklubi rahbari Shoira Raufboyeva ma'lum qildi.

Ma'lum bo‘lishicha, aktrisa koronavirusga chalinib shifoxonada davolanayotgandi.
«Dilbar opa COVID-19 infeksiyasini yuqtirib, komaga tushib qolgandilar. Dastlab Zangiotadagi maxsus shifoxonada davolandilar, ahvollari og‘irlashgach «Akfa Medlayn» klinikasiga ko‘chirilgandi.
U kishining salomatliklari uchun oilasi teatr va «O‘zbekkino» MA jamoasi – hamma harakat qildi, lekin bo‘lmadi. 73 yoshda edilar, ularni Alloh rahmatiga olsin», deydi suhbatdosh.
Madaniyat vazirligi ham aktrisaning oila-a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.
Dilbar Ikromova 1947 yilning 17 iyulida Toshkent viloyatining Bekobod tumanida tug‘ilgan. U 1970 yilda Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutining (hozirgi M.Uyg‘ur nomidagi San'at instituti) «Teatr va kino aktyori» fakultetini tugatgan.
Aktrisa «Kelinlar qo‘zg‘oloni», «Chimildiq», «Dev bilan pakana», «Devona», «Afg‘on», «Oyqiz ertagi» kabi filmlardagi rollari bilan muxlislar qalbidan joy egallagandi.
Dilbar Ikramova, shuningdek, mohir dublyaj aktyori sifatida ham o‘ziga xos ovoz sohibi edi.
Dilbar Ikromova 2001 yilda «O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti» faxriy unvoni bilan taqdirlangandi.
Kun.uz marhumning oila a'zolariga hamdardlik bildiradi.
Tavsiya etamiz
500 milliard dollarlik nafrat: Tramp nega Zelenskiyni yomon ko‘rib qoldi?
Jahon | 22:53 / 21.02.2025
Trampdan Putinga navbatdagi «sovg‘a»: AQSh prezidenti Zelenskiy saylovda yengilishiga ishora qildi
Jahon | 23:06 / 19.02.2025
Muzokarami yoki gurung: AQSh va Rossiya bosh diplomatlari uchrashuvi haqida
Jahon | 20:38 / 19.02.2025
Pensiyani avtomatik tayinlashga o‘tilmoqda. Asosiy savollarga javoblar
Iqtisodiyot | 16:58 / 19.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ilon Mask Ukraina Starlink tizimidan uzib qo‘yilishi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etdi
Jahon | 23:45 / 23.02.2025
-
APL. «Liverpul» «Etihad»da «Siti»ni mag‘lub etdi, Husanov to‘liq o‘ynadi
Sport | 23:36 / 23.02.2025
-
Isroil «Hizbulloh» sobiq yetakchisining dafn marosimi vaqtida Livanga hujum qildi
Jahon | 23:03 / 23.02.2025
-
Shimoliy Koreyada ilmiy ishlarda ChatGPT’dan foydalanilayotgani aniqladi
Jahon | 22:42 / 23.02.2025
Mavzuga oid

10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis

03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi

10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda

23:06 / 16.01.2023