Litva, Latviya va Estoniya Belarusdagi prezident saylovi natijalarini soxtalaştirişga aloqador deb hisoblangan amaldorlarga qarşi sanksiyalar joriy etilişi haqida e'lon qiladi. Bu haqda Litva prezidenti Gitanas Nauseda ma'lum qildi.

Nausedaning sözlariga köra, yuqoridagi uç mamlakat hududiga kirişi taqiqlangan şaxslar röyxatiga 30ga yaqin kişi, jumladan Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko kiritiladi, deb xabar bermoqda Reuters.

Litva prezidentining qayd etişiça, kelgusida bu röyxat kengaytirilişi mumkin.

27 avgust kuni Estoniya hukumati Belarusdagi saylov natijalarini soxtalaştiriş, namoyişçilarga nisbatan zöravonliklarga aloqador şaxslar uçun mamlakat çegaralarini yopiş töğrisida qaror qabul qilgandi. Ammo öşanda şaxslar röyxati e'lon qilinmagandi.

28 avgust kuni Lukaşenko hukumatga «Litva portlaridagi barça savdo oqimlarini boşqa portlarga köçiriş böyiça taklif kiritiş topşiriğini berganini» aytgandi.

Uning sözlariga köra, Litva budjetining 30 foizi Belarus yuk taşuvlari hisobiga şakllanadi.