O‘zbekiston | 17:26 / 01.09.2020
19580
2 daqiqa o‘qiladi
Juma namozlarini masjidlarda o‘qishga ruxsat berildi
O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi navbatdagi qarorni qabul qildi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov xabar berdi.
Qarorga ko‘ra, 2020 yil 5 sentyabrdan boshlab diniy tashkilotlarda jamoaviy ibodatlarni (juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlar) amalga oshirishga ruxsat beriladi. Bunda ushbu obektlar quyidagi sanitariya qoidalariga rioya etishi talab etiladi:
- jamoaviy ibodatni o‘tkazish uchun tashrif buyuruvchilar o‘rtasida ijtimoiy masofani ta'minlash;
- diniy tashkilotlar xodimlari va tashrif buyuruvchilarning tibbiy niqobda bo‘lishi;
- sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qat'iy rioya etish, bino xonalarni doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash;
- har bir diniy ibodatdan keyin bino (xona) va undagi jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash;
- bino va xonalarga, shuningdek, havo aylantirish tizimiga zararsizlantirish anjomlarini (ultrabinafsha lampalar va b.) o‘rnatish.
- tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan tashrif buyuruvchilarni kiritmaslik;
- diniy tashkilotlarga kirish va chiqish joylarida aholining to‘planishiga qat'iy yo‘l qo‘ymaslik.
Mavzuga oid
18:53 / 24.01.2022
5 dollardan pullangan ekspress-test aslida 15 ming so‘m edi
17:57 / 24.01.2022
O‘zbekistonga kirishda majburiy ekspress-test topshirish talabi bekor qilindi
14:13 / 21.01.2022
Takror ekspress-test: maqsad nima?
21:36 / 23.03.2021