Bir neça yil avval homilador ayollar tuğuruqxonaga yöl olganda, asosiy savol «farzandimni soğ-salomat dunyoga keltira olamanmi?» bölgan bölsa, bugun unga yana bir savol qöşilmoqda: «Tabiiy ravişda tuğamanmi yoki kesarça kesiş amaliyoti bilanmi?» Kun.uz mazkur dolzarb mavzuga bağişlab körsatuv tayyorladi. Unda soha mutaxassislari, şifokorlar va bu jarayonni öz boşidan ötkazgan qahramonlar iştirokida kesarça kesiş amaliyotining köpayiş sabablari, uning salbiy asoratlari hamda bu borada qabul qilinayotgan yangi huquqiy tartiblar muhokama qilindi.

Jamoatçilikning kesarça kesişga munosabati: oson yölmi yoki zarurat?

Jamoatçilik orasida esa kesarça kesişga munosabat turliça. Kimdir uni tuğuruq oğriğidan qoçişning oson yöli deb hisoblasa, boşqalar faqat tibbiy zarurat bölgandagina operatsiya qilinişi kerak deb biladi. Sörovnomada iştirok etgan ayollar ham bu borada turli fikrlarni bildirdi. Ayrim iştirokçilar kesarça kesişni ayollarning tuğuruq oğriğiga çidamsizligi va osonroq yölni tanlaşi bilan boğladi. Boşqalar esa operatsiyaning öziga xos qiyinçiliklari borligini, biroq tibbiy zarurat tuğilganda uning ahamiyati beqiyos ekanini taʼkidladi.

«Endi, albatta, tabiiy tuğgan yaxşi deb öylayman, bekorga Xudoyim şunaqa yaratmagan. Tabiiy tuğgan baribir yaxşi. Lekin operatsiya baribir operatsiya. Şunçaki dardga çidamasdan köpçilik hozir kesarçani tanlayapti. Dardga çidamaslik, keyin hozir judayam nozik-da, köpçilik, baquvvat emas baribir. Şuning uçun kesarçani tanlaşyapti, kuçi yetmaydi», - dedi sörovnomada iştirok etgan ayollardan biri.

Kesarça kesiş köpaymoqda: asosiy mezon endi foiz emas

Kesarça kesiş amaliyotiga murojaatlar soni sönggi yillarda ortib bormoqda. Bunga zamonaviy diagnostika usullarining rivojlanişi, homila va onadagi ayrim holatlarni erta aniqlaş imkoniyati, şuningdek, EKO orqali homiladorliklar köpayişi kabi omillar taʼsir qilmoqda. Özbekistonda ham bu körsatkiç yil sayin ösgan: 2023-yilda kesarça kesiş amaliyotlari respublika böyiça 20–21 foizni taşkil etgan bölsa, keyingi yillarda 24–26 foizgaça oşgan. 2025-yil yakuniga kelib esa bu körsatkiç 27–28 foiz atrofida bölgan.

Yulduz Eşonova kesarça kesiş faqat tibbiy emas, balki ijtimoiy tus olib, ayollarning tuğuruq oğriğidan qörqib, öz xohişi bilan operatsiyani talab qilayotganini oçiqladi. Mamlakatdagi raqamlar jahon standartlariga nisbatan pastroq bölsa-da, yil sayin oşib borayotganini taʼkidladi.

«Mana, Turkiya davlatida, diagnostikani bilasiz, ularda kesarça kesiş amaliyoti 62 foizni taşkil qiladi. Yevropa mamlakatlarida 42 foiz. 2025-yilning oxiriga kelib esa bu respublikamizdagi umumiy körsatkiçimiz 27–28 foizni taşkil etadi. 1985-yilda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti “10 foizdan 15 foizgaça qilinglar” degan bölsa, 2015-yilda “Yöq, muassasalar, töxtang, biz jarrohlik amaliyotini foiz miqdorida emas, uning ötkaziliş sifati, qaysi darajada, kimga töğri amalga oşirilayotganiga qarab baho berişimiz kerak, buning sabablarini aniqlaşimiz kerak va şu sabablarini kerakli yönalişda kamaytirişga harakat qilişimiz kerak”, degan tendensiyani oldinga surib çiqdi», - deydi u.

Kesarça kesişning oğriqli oqibati: bir kunlik qoronğilik

Tuğuruq jarayonlaridagi soğlom yondaşuvlar va şifokorlar masʼuliyati haqida söz borganda, bu jarayonning inson taqdiridagi oğir asoratlarini his qilgan qahramonning hikoyasi barçani öylantirib qöyişi aniq. Operatsiyani «oson yöl» deb bilganlar köp, biroq uning ortida şifokorlar xatosi va tibbiy masʼuliyatsizlik tufayli yuzaga keladigan aççiq haqiqatlar ham bor. Körsatuvda iştirok etgan qahramon özi boşidan keçirgan oğir damlarni va içida qolgan fobiyani quyidagiça xotirlaydi:

«Undan yomoni - közim körmay qolgan. Eng yomon tomoni şu. Keyin bir kun davomida şu yoruğ olamni körmaganman. Anesteziologning xatosi bilan menda narkozni köp berib yuborişgan ekan, yaʼni dozasini köpaytirib yuborişgan ekan, şuning oqibatida egizak farzandlarim onaning mehridan qarovsiz qolib ketişgan. Könglimda oğriq qolib ketgan va közim körmay qolgani hisobiga kesarça kesiş degan amaliyotni eşitsam, menda fobiya yana paydo bölaveradi. Çunki kesarça kesiş - bu men uçun bu dunyoni körmaslik bilan teng. Haqiqatan bir sutka közim körmagan va yana menga qöşimçasiga anesteziolog kelib, blokada qilib, meni tinçlantirib, sakkiz soat uxlatişgan va öşandan keyin sal xira-xira közim körişni boşlab, keyin yaxşi körib ketganman», - deydi afsus bilan eslab qahramon.

Kesarça kesişni kim va qaçon tanlaydi?

Şifokorlar faqat tibbiy körsatma asosida operatsiya qilinişi kerakligini taʼkidlayotgan bölsa-da, baʼzi ayollarning öz xohişi bilan turib olişi ham muammo ekanini körsatadi. Ayrim holatlarda ayollar şifokorlarning töğri yondaşuvi bilan fikridan qaytib, tabiiy tuğuruqdan söng xursand bölib ketişini, biroq talabi bajarilmaganda arazlab ketişini ham şifokorlar aytişdi:

«Amaliyotda köpinça kesar kesiş sörab kelgan ayollarga töğri tuşuntirsak, tuğuruqdan keyin hammasi xursand bölib: “Yaxşiyam özimni tuğdirdingiz”, deb aytişadi. Ular ikki soatdayoq turib yurib, bolasini bemalol kötaradi. Kesarevodan keyin esa qorin qavatma-qavat kesilişi hisobiga bir oylab yaxşigina oğriqlar böladi. Ayollar bu oddiy operatsiya emasligini, afsuski, faqat tuğgandan keyingina bilişadi. Ayrim vaqtlarda qabulimizga kelgan ayollar “Kesarevo seçeniye qiling meni”, deb kelişadi. Yöq, unda körsatma yöq, özing tuğsang böladi, desa, arazlab ketib qolganlari ham bor», - deydi Respublika perinatal markazi akuşer-ginekologi Dilfuza Hayitova.

Körsatmasiz kesarça kesişga endi yöl qöyilmaydi

Ana şunday muammolarning oldini oliş va asossiz ravişda kesarça kesişni talab qiliş holatlariga çek qöyiş maqsadida Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan jiddiy çoralar körilmoqda. Soğliqni saqlaş vazirining onalik va bolalikni muhofaza qiliş böyiça maslahatçisi Elmira Bositxonova bu borada yangi huquqiy tartiblar qabul qilinganini bildirdi:

«Biz Soğliqni saqlaş vazirligi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda kesar kesişga bölgan körsatmalar röyxatini normativ-huquqiy hujjat darajasigaça kötardik va bu şifokorlarga ham, ayollarimizga ham taalluqli. Agar ayol körsatma bölmasa ham talab qiladigan bölsa, ana şu hujjat orqali unga körsatiladi: “Keçirasiz, singiljonim, bu amaliyotni bajariş uçun sizda heç qanday körsatma yöq”, deb va u fiziologik tuğruq orqali öz farzandini dunyoga keltirişi kerak. Bugungi kunda tasdiqlangan protokollarga rioya qilmasdan, körsatmasiz kesar kesiş amaliyotini bajargan şifokorlarga nisbatan intizomiy jazolar qöllaniladi. Agar bu holat asoratlar, hatto onalar yoki gödaklar ölimiga olib keladigan bölsa, demak, jinoiy javobgarlikka ham tortilişi aniq», - dedi u.