Toşkent şahrida ekologik vaziyatni yaxşilaş yuzasidan keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlarni amalga oşiriş böyiça maxsus komissiya tuziladi. Bu prezident Şavkat Mirziyoyevning «Toşkent şahrida ekologik vaziyatni yaxşilaş böyiça keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlar töğrisida»gi farmonida közda tutilgan.

Mazkur komissiya zimmasiga poytaxtda havo sifati, yaşil hududlarni asraş va köpaytiriş, transportdan çiqadigan zararli moddalarni kamaytiriş, sanoat korxonalari faoliyatida ekologik talablarga rioya etilişini kuçaytiriş kabi yönalişlarda aniq çora-tadbirlar işlab çiqiş va ularning ijrosini muvofiqlaştiriş vazifalari yuklatiladi.

Maxsus komissiyaning unga yuklatilgan vazifalar va berilgan vakolatlar doirasida qabul qilingan qarorlari, körsatmalari barça davlat organlari va taşkilotlari, huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat organlari, yuridik va jismoniy şaxslar uçun majburiy hisoblanadi.

Farmonda belgilangan çoralar Toşkent şahrida ekologik vaziyatni yaxşilaş, aholi salomatligini muhofaza qiliş va yaşaş uçun qulay şaroit yaratişga qaratilgan.

Transportlar harakatida çeklovlar

Maxsus komissiyaga quyidagi vakolatlar beriladi:

1) Tabiiy çanglaniş kuçaygan paytda sanoat korxonalari, transport, issiqlik ta’minoti va boşqa sohalarda çeklovlarni joriy qiliş;

2). Transport vositalari harakatini çeklaş, jumladan:

  • Toşkent şahrida yuk taşiş avtotransport vositalari harakatini vaqtinça çeklaş amaliyotini yölga qöyiş;
  • avtotransport vositalarining, şu jumladan davlat raqamiga mos ravişda toq va juft sanalarda harakatlanişini çeklaş amaliyotini joriy qiliş (elektromobillar bundan mustasno);
  • harakatlanişi vaqtinçalik çeklanadigan avtotransport vositalari turlari, köçalar va boşqa hududlarni belgilaş.

3) atmosfera havosi sifatiga salbiy ta’sir qiluvçi moddalar yoqqan issiqxonalar va boşqa obektlar faoliyatini vaqtinça yoki töliq töxtatiş;

4) Toşkent şahridan boşqa hududlarga köçirilişi majburiy bölgan sanoat korxonalari va sanoat zonalarini belgilaş;

5) sanoat korxonalari uçun taşlanmalarning ruxsat etilgan miqdorini belgilaş va uşbu talabni buzgan sanoat korxonalari faoliyatini töxtatiş böyiça belgilangan tartibda çora köriş;