Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
HAMAS va Isroil o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Falastinning HAMAS harakati Isroil bilan G‘azo sektorida o‘zaro qarama-qarshilikni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishganini e'lon qildi. Bu haqda The Jerusalem Post nashri xabar berdi.
HAMASda ta'kidlanishicha, kelishuvga Qatar vositachiligida erishilgan.
Isroilning xavfsizlik sohasidagi manba Isroilning Kan radiosiga kelishuvga erishilganini tasdiqlagan. Uning ma'lum qilishicha, o‘t ochish to‘xtatilgandan keyin Kerem-Shalom nazorat-o‘tkazish punkti orqali o‘tish tiklanadi, G‘azo sektoridagi baliq ovlash hududi ochiladi.
Oxirgi oylar davomida G‘azo sektorida ikki tomonning tez-tez bir-birini o‘qqa tutishi kuzatilgan. Avgust o‘rtasida falastinliklar G‘azo sektoridan Isroil tomon portlovchi moddali pufaklar uchirgandan keyin Isroil sektordagi baliq ovlash hududini yopib qo‘ygan, yonilg‘i yetkazilishini to‘xtatgan va yuklarni o‘tkazish uchun mo‘ljallagan Kerem-Shalom nazorat-o‘tkazish punktini yopib qo‘ygan.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:17 / 20.06.2026