Vazirlar Mahkamasining 20.08.2020 yildagi «Obektlarda davlat quriliş nazoratini amalga oşiriş böyiça ma'muriy reglament hamda obektlarning xavf-xatarlar toifalari tasnifini tasdiqlaş töğrisida»gi 496-son qarori qabul qilindi.
Hujjat Prezidentning 5.02.2020 yildagi «Quriliş-montaj işlari sifatini tubdan yaxşilaş va qurilişni nazorat qiliş tizimini takomillaştiriş çoralari töğrisida»gi PQ-4586-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.
Norma’ning yozişiça, ma'muriy reglamentda quyidagilar belgilangan:
- quriliş sohasida nazorat inspeksiyasining bino va inşootlarni quriş va rekonstruksiya qilişdagi vazifalari;
- arxitektura-quriliş nazoratini amalga oşiriş, quriliş obektlarining xavfsizligi va sifatini ta'minlaş tartibi;
- quriliş obektlarining xavf-xatar toifasi böyiça murakkablik toifalari tasnifi;
- davlat quriliş nazorati turlari, mezonlari hamda ularni amalga oşiriş mezonlari;
- bino va inşootlarni instrumental-texnik tekşiruvdan ötkaziş tartibi.
Quriliş vazirligiga bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda quyidagilarni amalga oşiriş topşirildi:
- Prezidentning 27.07.2018 yildagi PF-5490-son Farmoni bilan tasdiqlangan Tekşiruvlarni elektron röyxatga oliş yagona tizimida röyxatdan ötkaziş orqali vakolatli organni xabardor etiş tartibida ötkaziladigan tekşiruvlar röyxatiga tegişli özgartirişlar kiritiş;
- özlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni uşbu qarorga muvofiqlaştiriş.
Reglament Quriliş vazirligi huzuridagi Quriliş sohasida nazorat inspeksiyasi hamda quriliş sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan nazorat olib boriş tartibini belgilaydi. Nazorat xavf-xatar toifasidan kelib çiqqan holda hamda taşkiliy-huquqiy şakli va moliyalaştiriş manbalaridan qat'i nazar amalga oşiriladi.
Respublika hududida obektlar quriş va rekonstruksiya qilişni, quriliş-montaj işlarini boşlaş töğrisida xabarnoma yuborilişi talab etiladigan obektlar majburiy tartibda davlat quriliş nazoratiga olinadi. Davlat nazoratini amalga oşiriş tartibi Reglamentga ilovaga sxemada keltirilgan.
Davlat quriliş nazorati quriliş obektlarining xavf-xatar toifalari böyiça tört toifaga bölinadi:












