Sobiq ittifoq davrida işlab çiqilgan samolyotga bağişlangan fotojamlanmada Tu-160 ayni vaqtda dunyodagi eng katta harbiy samolyot hisoblanişi aytilgan. Rossiya tomonidan samolyotning modernizatsiya qilinayotgani uning harbiy imkoniyatlarini yanada oşiradi.

Ma'lum qilinişiça, Rossiya mudofaa vazirligi 2018 yil yanvarda 2021-2027 yillar davomida 10 ta Tu-160M oliş böyiça şartnoma tuzgan. Rossiya Blackjack’ni (samolyotning NATOdagi şartli nomlanişi) 2060-yillargaça qurollanişda qoldirmoqçi.

Maqola muallifining eslatişiça, Tu-160 oxirgi vaqtda bir neçta muhim parvozlar, jumladan Venesuela va JARga reyslar bajargan hamda Rossiyaning Suriyadagi kampaniyasida iştirok etgan.

Maqolada, şuningdek, Rossiyaning Tu-95MS va Tu-22M3 samolyotlari eslab ötilgan.

Tu-160 samolyoti 1970-yillarda işlab çiqilgan bölib, Rossiya havo-koinot kuçlarida uşbu samolyotdan 17 dona bor. 

Özgaruvçan qanotli samolyotning uzunligi 54,1 metrni, balandligi 13,20 metrni, qanotlari quloçining maksimal uzunligi 55,7 metrni taşkil qiladi. 40 tonnagaça yuk kötara oladi, kreyser tezligi 850 km/soatni taşkil qiladi. Havoda 15 soatgaça qönişsiz uça oladi. Bombardimonçi yadro va oddiy qurol bilan duşman obektlariga zarba berişga möljallangan.