14:17 / 03.09.2020
11603

Germaniya – Ispaniya, Portugaliya Xorvatiyaga qarshi. Millatlar ligasi formati, guruhlar va JCh-2022 bilan bog‘liqligi haqida

Klublar o‘rtasidagi xalqaro turnirlar yakunlangach, UYeFA Yevropa mamlakat milliy jamoalari o‘rtasidagi Millatlar ligasi bahslarini boshlamoqda.

Foto: UEFA

Bu qanday turnir?

Yangi musobaqa sanalmish Millatlar ligasi turniri hisob bo‘yicha ikkinchi marta o‘tkazilmoqda. Turnirning ilk g‘olibi Portugaliya milliy jamoasi bo‘lib, Krishtianu Ronaldu jamoadoshlari o‘z mamlakatlarida o‘tgan musobaqaning hal qiluvchi o‘yinlarida bosh sovringa ega chiqishgandi. 2020/21 yilgi turnir avvalgisidan ham qiziqarli va shiddatliroq o‘tishi kutilmoqda. Liga formatiga o‘zgartirishlar kiritilgan.

O‘yinlar qachon o‘tkaziladi?

Bugun 3 sentabr, payshanba kunidan ko‘hna qit'ada turnirning bu mavsumdagi bahslariga start beriladi. Qur'a tashlash marosimi 3 mart kuni Amsterdamda o‘tkazilgandi. Musobaqaning dastlabki 6 tur o‘yinlari sentabr, oktabr va noyabr oylarida o‘tkazilishi belgilangan. O‘tish bahslari hamda hal qiluvchi uchrashuvlar sanasi keyinroq ma'lum qilinadi.

Ligalarga taqsimlanish

Yevropaning 55 mamlakat jamoasi ushbu turnirning so‘nggi yildagi natijalaridan kelib chiqqan holda reytingdagi o‘rinlariga qarab, guruhlarga bo‘lingan. Jumladan, 1-16 o‘rindagilar A liga, 17-32-o‘rindagilar V liga, 33-48 pog‘onagilar S liga, 49-55 pog‘onadagilar esa D liga guruhlaridan joy olishgan.

Qur'a natijalari

A liga

A liga 1: Niderlandiya, Italiya, Bosniya va Gersegovina, Polsha

A liga 2: Angliya, Belgiya, Daniya, Islandiya

A liga 3: Portugaliya, Fransiya, Shvetsiya, Xorvatiya

A liga 4: Shveytsariya, Ispaniya, Ukraina, Germaniya

B liga

B liga 1: Avstriya, Norvegiya, Sh.Irlandiya, Ruminiya

B liga 2: Chexiya, Shotlandiya, Slovakiya, Isroil

B liga 3: Rossiya, Serbiya, Turkiya, Vengriya

B liga 4: Uels, Finlyandiya, Irlandiya, Bolgariya

C liga

C liga 1: Chernogoriya, Kipr, Lyuksemburg, Ozarboyjon

C liga 2: Gruziya, Shimoliy Makedoniya, Estoniya, Armaniston

C liga 3: Gretsiya, Kosovo, Sloveniya, Moldova

C liga 4: Albaniya, Belarus, Litva, Qozog‘iston

D liga

D liga 1: Farer orollari, Latviya, Andorra, Malta

D liga 2: Gibraltar, Lixtenshteyn, San-Marino

Millatlar ligasining formati qanaqa?

Jamoalar o‘zaro uy-safar tizimida o‘yinlar o‘tkazishadi. A liganing to‘rtta guruhi g‘oliblari Millatlar ligasining final qismi (yarimfinal, 3-o‘rin uchun o‘yin va final) yo‘llanma olishadi. B, C va D liga g‘oliblari yuqoriroq ligalarga ko‘tarilishsa, A va B ligalarida so‘nggi o‘rinni band etgan milliy jamoalar pastki ligaga ravona bo‘ladi.

JCh-2022 saralashi bilan qanday bog‘langan?

Umuman olgada Yevropadagi jahon chempionati saralash bosqichi deyarli o‘zgarmaydi. 10ta guruhda g‘olib bo‘lgan milliy jamoalar Qatardagi mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmaga ega chiqishadi. Yana uchta yo‘llanma sohibi esa o‘tish o‘yinlari orqali aniqlanadi. Ya'ni, saralash bosqichida guruhlarda 2-o‘rinni olgan barcha jamoalar ishtirok etishadi. Shuningdek, guruh g‘oliblari orasidan JChga yo‘llanma olmagan va o‘tish o‘yinlarida bo‘lmagan eng yaxshi ko‘rsatkichga ega (turnir reytingiga ko‘ra) ikki jamoa ham yo‘llanma uchun kurashga qo‘shiladi.

O‘yinlar qachon o‘tkaziladi?

Millatlar ligasi 2020/21 yilgi mavsum o‘yinlari 3/4/5 va 6/7/8 sentabr, 10/11 va 13/14 oktabr hamda 14/15 va 17/18 noyabr kunlari o‘tkaziladi.

O‘yinlar anonsi: Germaniya – Ispaniya, Fransiya Xorvatiyaga qarshi

Bugun, 3 sentabr kunidan 5 sentyabrgacha Millatlar ligasi turniri 1-turi doirasidagi uchrashuvlar o‘tkaziladi. Ko‘hna qit'aning grand jamoalari o‘rtasidagi shiddatli qarama-qarshiliklar muxlislarni bee'tibor qoldirmasligi aniq.

Dastlabki kungi o‘yinlar ro‘yxatidan Germaniya - Ispaniya milliy jamoalari o‘rtasidagi bahs afishasi qolgan qarama-qarshiliklardan jarangliroq yangraydi. Shuningdek, Portugaliya – Xorvatiya, Rossiya – Serbiya, Italiya – Bosniya, Shvetsiya – Fransiya o‘rtasidagi o‘yinlar ham muxlislarda qiziqish uyg‘otishi tabiiy.

Germaniya va Ispaniya o‘rtasidagi 1-turning markaziy o‘yini Shtutgartdagi «Mersedes-Bens» arenada o‘tkazilib, nemis-ispan to‘qnashuvini italiyalik Daniele Orsato boshqarib boradi. Yoaxim Lyov va Luis Enrikening ushbu bahs uchun chaqirgan tarkibi ma'lum bo‘lib ulgurgan.

Germaniya tarkibi:

Darvozabonlar: Baumann («Hoffenxaym»), Leno («Arsenal»), Trapp («Ayntraxt»)

Himoyachilar: Ginter («Borussiya» Menxengladbax), Gosens («Atalanta»), Kerer («PSJ») , Kox («Frayburg»), Ryudiger («Chelsi»), Shuls («Borussiya» Dortmund), Zyule («Bavariya»), Ta («Bayyer»)

Yarimhimoyachilar: Brandt («Borussiya» Dortmund), Jan («Borussiya» Dortmund), Draksler («PSJ»), Kundo‘g‘an («Man Siti»), Havers («Bayyer»), Kroos («Real»), Noyxaus («Borussiya» Menxengladbax), Sane («Bavariya»), Serdar («Shalke»)

Hujumchilar: Verner («Chelsi»), Valdshmidt («Benfika»)

Ispaniya

Darvozabonlar: de Xea («MYu»), Kepa («Chelsi»), Simon («Atletiko»)

Himoyachilar: Navas («Sevilya»), Karvaxal («Real»), Ramos («Real»), Pau Torres («Vilyareal»), Diyego Lorente («Real Sosedad»), Xose Gayya («Valensiya»), Regilon («Sevilya»), Erik Garsiya («Man Siti»)

Yarimhimoyachilar: Ruis («Napoli»), Tyago («Bavariya»), Buskets («Barselona»), Rodri («Man Siti»), Merino («Real Sosedad»), Olmo («Leypsig»), Oskar Rodriges («Real»)

Hujumchilar: Rodrigo («Lids»), Moreno («Vilyareal»), Adama Traore («Vulverhempton»), Asensio («Real»), Fati («Barselona»), Ferran Torres («Man Siti»).

UYeFA Millatlar ligasi. 1-turning barcha o‘yinlari sanasi va vaqti:

3 sentabr (payshanba)

21:00. Latviya - Andorra

23:45. Germaniya - Ispaniya

23:45. Ukraina - Shveytsariya

23:45. Rossiya - Serbiya

23:45. Turkiya - Vengriya

23:45. Bolgariya - Irlandiya

23:45. Finlyandiya - Uels

23:45. Moldova - Kosovo

23:45. Sloveniya - Gretsiya

23:45. Farer – Malta

4 sentabr (juma)

21:00. Litva - Qozog‘iston

23:45. Niderlandiya - Polsha

23:45. Italiya - Bosniya

23:45. Norvegiya - Avstriya

23:45. Ruminiya - Sh.Irlandiya

23:45. Shotlandiya - Isroil

23:45. Slovakiya - Chexiya

23:45. Belarus – Albaniya.

5 sentabr (shanba)

18:00. Gibraltar - San-Marino

18:00. Sh.Makedoniya - Armaniston

21:00. Ozarboyjon - Lyuksemburg

21:00. Kipr - Chernogoriya

21:00. Islandiya - Angliya

21:00. Estoniya - Gruziya

23:45. Daniya - Belgiya

23:45. Shvetsiya - Fransiya

23:45. Portugaliya – Xorvatiya.

Top