Amaliy harakatlar rejasining asosiy maqsad va vazifalarida körsatilişiça, kelgusi davrning asosiy çeklovlari va tahdidlari quyidagilar hisoblanadi:
1. Mahalliy mahsulotlar va xizmatlar işlab çiqarilişining çeklanişi. Buning oldini oliş uçun karantin davrida xöjalik faoliyatini vaqtinça töxtatib turiş tufayli moliyaviy qiyinçiliklarga duç kelganlarga alohida e'tibor berib, korxonalarning xöjalik faoliyatini tezroq tiklaş zarur. Muammoni hal etiş iqtisodiyotga moliyaviy mablağlarni, şu jumladan, investitsiya ssudalari böyiça qarzlarni uzaytiriş va aylanma mablağlar sifatida ”tez pullar”ni ajratişni talab qiladi.
2. Aholi daromadlarining pasayişi, işlab çiqariş zanjiridagi uzilişlar tufayli içki talabning çeklanişi. Muammoning yeçimi korxonalarning işlab çiqariş faoliyatini tiklaş, yangi iş örinlari yaratiş va tiklaş, keyin esa aholi daromadlarining ösişi bilan boğlik hisoblanadi.
3. Karantin çoralarini liberallaştiriş va koronavirus infeksiyasining tarqaliş darajasi yuqori bölgan mamlakatlardan odamlarning köçib ötişiga yöl qöymaslik uçun taşqi çegaralarning yopilişi bilan koronavirus infeksiyasining aholi orasida tarqalişi xavfi. Muammoning yeçimi ma'lum sanitariya-gigiyena me'yorlari va çeklovlarining saqlanişida (ayniqsa, ommaviy tadbirlar paytida, mamlakat taşqarisidan kirganda va hokazo) va bemorlarga zarur tibbiy yordamni kengaytirişda namoyon böladi. Koronavirusning sayyorada tarqalişining davom etişini hisobga olib, yagona usul - bu öz vaqtida taşxis qöyiş va samarali davolanişni örganiş hisoblanadi.
4. Budjet taqçilligining oşişi va taşqi davlat qarzining ösişi, makroiqtisodiy barqarorlik xavflarining namoyon bölişi. Jahon işlab çiqarişining keskin pasayişi va global iqtisodiy tiklaniş istiqbollari töğrisida noaniqlikning yuqori darajasi köplab davlatlarni iqtisodiyotda aholini va yalpi talabni qöllab-quvvatlaş uçun budjet xarajatlarini (şu jumladan, taşqi qarz mablağlari hisobiga) köpaytirişga majbur qilmoqda.
Taşqi qarzning ösişini oldini oliş uçun asos yaratiş, xususiy va töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar uçun şaroitni yaxşilaş qisqa hamda uzoq istiqbolda inqirozdan keyingi tiklaniş iqtisodiyot barqaror rivojlanişining asosiy şartlari hisoblanadi.
Bu, öz navbatida, iqtisodiyotni liberallaştiriş (jumladan, energiya resurslari bozori) sohasida boşlangan islohotlarni izçil davom ettiriş, raqobat muhitini rivojlantiriş, işbilarmonlik muhitini yaxşilaş va iqtisodiyotda davlat sektorining uluşini kamaytirişni talab qiladi va öpta muddatli istiqbolda xorijiy investitsiyalarning barqaror ösişiga yordam beradi.

















