Özbekiston prezidenti farmoni bilan prezident administratsiyasi rahbari Saida Şavkatovna Mirziyoyeva hozirgi lavozimi bilan örindoşlik asosida Toşkent xalqaro moliya markazi boşqaruvçisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov xabar bermoqda.
Boşqaruvçi moliya markazi kengaşining boş kotibi hisoblanadi, kun tartibini şakllantirişni taşkil etadi, rais qatnaşmagan majlislarda ularga raislik qiladi.
Moliya markazi faoliyatini yölga qöyişni muvofiqlaştiriş boşqaruvçi faoliyatining muhim yönalişlaridan biri böladi. Birinçi navbatdagi hujjatlarni tayyorlaş, davlat organlari va markaz tuzilmalari örtasidagi hamkorlikni yölga qöyiş şular jumlasidan.
Şuningdek, moliya markazi nomidan Özbekistonda va xorijda xalqaro taşkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda markazga vakillik qiliş, kadrlar böyiça qarorlar qabul qilişda iştirok etiş, jumladan, moliya markazi maʼmuriyatining ijroçi direktorini va uning örinbosarlarini tayinlaş, moliyaviy xizmatlar boşqarmasi rahbariyati böyiça tavsiyalar kiritiş ham boşqaruvçining muhim funksiyalari sirasiga kiradi.
Boşqaruvçi, şuningdek, bitimlar tuziş, işçi guruhlar taşkil etiş va ekspertlarni jalb qiliş huquqiga ega.

















