Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz. Zelenskiyning samolyoti Moldovadan uçişga tayyorlanayotganida dron bilan töqnaşişiga bir baxya qolgan. Eron Hörmuz böğozida AQŞning zamonaviy suvosti dronini qölga olganini maʼlum qildi. AQŞ va Kanada örtasidagi savdo uruşi yanada kuçaymoqda. BMT Isroilning Suriyadagi ayrim harakatlari uruş jinoyatiga tenglaştirilişi mumkinligidan ogohlantirdi.
Zelenskiy samolyotiga dron yaqinlaşdi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning samolyoti Moldovadan Norvegiyaga uçişga tayyorlanayotganida dron bilan töqnaşişiga bir baxya qolgan. Bu haqda Norvegiya boş vaziri Yonas Gar Store maʼlum qildi.
Hodisa Zelenskiy Norvegiya qiroli Harald Beşinçining dafn marosimida iştirok etiş uçun Osloga yöl olgan paytda yuz bergan. Dron xavfi tufayli Moldova havo hududini vaqtinça yopgan va Zelenskiyning samolyoti parvozi keçiktirilgan.
Moldova rasmiylariga köra, bu vaqtda rossiyaliklarning ikkita droni mamlakat havo hududiga kirib kelgan. Ulardan biri poytaxt Kişinyovdan 160 kilometrça uzoqlikdagi hududga qulagan. Norvegiya boş vaziri esa dron Zelenskiyning samolyotiga juda yaqin kelganini aytgan, ammo ular örtasidagi masofa böyiça aniqlik kiritmagan.
AQŞning suvosti droni qölga olindi
Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi Hörmuz böğoziga kiriş qismida AQŞga tegişli bölgan zamonaviy suvosti dronini qölga olganini maʼlum qildi.
Gap AQŞning Dive-LD avtonom suvosti apparati haqida ketmoqda. Eron tomoni uşbu dronni «AQŞ armiyasining eng zamonaviy va aqlli boşqaruvçisiz suvosti qurilmalaridan biri» deb atagan.
Dive-LD’ni AQŞning Anduril kompaniyasi işlab çiqargan. U mustaqil ravişda harakatlanadi, undan dengiz tubini xaritalaş, razvedka, minalarni aniqlaş va suvosti infratuzilmasini tekşiriş uçun foydalaniş mumkin.
AQŞ tomoni esa apparat nosozlik sababli işdan çiqqani va unda maxfiy maʼlumotlar yoki sezgir sensorlar bölmaganini bildirgan.
«Tramp dividendlari»
AQŞ prezidenti Donald Tramp agar noyabr oyida bölib ötadigan oraliq saylovlarda Respublikaçilar Vakillar palatasi va Senat ustidan nazoratni saqlab qoladigan bölsa, AQŞning har bir voyaga yetgan fuqarosiga 5 ming dollardan tölaşga vaʼda berdi.
U Respublikaçilar partiyasining Texas ştati Dallas şahrida ötgan qurultoyida buni «muvaffaqiyatli kompaniyalarning investorlarga dividend tölaşi»ga öxşatgan.
«Yagona çeklov şundaki, dividendlar AQŞda sarflanişi kerak. Biz pullarni Kanadaga borib sarflaşingizni xohlamaymiz. Biz sizning Xitoyga, Germaniyaga borişingizni istamaymiz... Siz pullarni AQŞda sarflaşingiz kerak», – deya qöşimça qildi Tramp.
Qayd etiş kerakki, bu tarixda Amerika prezidenti saylovçilar ovozini jalb qiliş kampaniyasi doirasida amerikaliklarga bunday tölovlar vaʼda qilayotgan birinçi holatdir.
2025-yilda AQŞning baloğatga yetgan aholisi soni 267 mln kişi atrofida bölgan. Bu şuni anglatadiki, ularning barçasiga «Trampning 5 ming dollarlik dividendlari»ni tölaş uçun jami 1,34 trln dollar kerak böladi.
AQŞ va Kanada örtasidagi savdo uruşi
AQŞ va Kanada örtasidagi tariflar böyiça qarama-qarşilik yanada kuçaydi.
Kanada 8-sentabrdan AQŞdan import qilinadigan qator mahsulotlarga 15, 25 va 50 foizlik javob tariflarini joriy qildi. Yangi çoralar AQŞdan keladigan 27,6 milliard dollarlik tovarlarga taalluqli.
Kanada asosan metall, alyuminiy, sut mahsulotlari, maişiy texnika, qişloq xöjaligi uskunalari, qoğoz, plastmassa va elektronika kabi mahsulotlarga qöşimça boj joriy qildi. Ayrim tovarlarga tarif 50 foizgaça oşirilgan.
AQŞ esa Kanadadan keladigan ayrim mahsulotlarga yangi import taqiqlarini joriy etişini maʼlum qildi. Ular orasida alkogol mahsulotlari, zardob, melassa va yirik mototsikllar bor. Taqiqlar 29-sentabrdan kuçga kirişi kutilmoqda.
Isroil uruş jinoyatida gumonlanmoqda
BMTning Suriya böyiça mustaqil tergov komissiyasi Isroilning Suriya hududidagi harbiy harakatlaridan jiddiy xavotir bildirib, ayrim harakatlar uruş jinoyatiga tenglaştirilişi mumkinligini maʼlum qildi.
Komissiya Isroil harbiy faoliyati Suriya hududida tobora «davomiy va çuqurlaşib borayotgani»ni qayd etgan. Tergov doirasida Isroil tomonidan 49 kişi, jumladan, ikki nafar bola uşlab turilgani haqida ham maʼlumotlar keltirilgan.
BMT komissiyasi Isroilning Suriyadagi harakatlari xalqaro gumanitar huquq nuqtayi nazaridan tekşirilişi zarurligini taʼkidladi.
Apple 18 taqdimoti
Apple kompaniyasi tunda iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max smartfonlarini taqdim etdi. Yangi modellar A20 Pro çipi, takomillaştirilgan kamera va uzoqroq işlaydigan akkumulyator bilan jihozlangan. Asosiy kamera ilk bor özgaruvçan diafragmaga ega böldi. Kompaniya iPhone 18 Pro Max’da akkumulyator avtonomligi böyiça eng katta ösiş qayd etilganini aytmoqda.
Biroq taqdimotning eng katta yangiligi – Apple’ning tarixdagi ilk buklanuvçi smartfoni iPhone Duo böldi. U kitob singari oçiladi va oçilganda 7,6 dyuymli katta ekranga ega böladi. Smartfon köp vazifali rejimni qöllab-quvvatlaydi va Apple Pencil bilan işlaydi. Yangi qurilmaning boşlanğiç narxi 1 999 dollar etib belgilandi.
iPhone 18 Pro 1 199 dollar, Pro Max esa 1 299 dollardan sotuvga çiqadi. Yangi smartfonlarga buyurtmalar 12-sentabrdan qabul qilinadi, sotuvlar esa 18-sentabrdan boşlanadi.












