Xalqaro valuta jamğarmasi missiyasi Özbekistonga taşrifi yakunlari böyiça navbatdagi xulosalarini e’lon qildi.
Qayd etilişiça, 2025 yilda kuçli iste’mol va investitsiyalar ta’sirida Özbekiston iqtisodiyotining real ösişi 7,7 foizga yetdi, işsizlik darajasi 0,7 foiz punktga kamayib, 4,8 foizni taşkil etdi. Ösiş keng qamrovli bölib, xizmatlar va quriliş sohalari eng tez sur’atlarda kengaygan.
Yuqori içki talabga qaramay, 2025 yil oxiriga kelib umumiy inflatsiya 7,3 foizgaça sekinlaşdi (2024 yilda — 9,8 foiz edi). Bunga 2024 yil may oyida energiya resurslari narxining oşişi ta’sirining pasayişi, sömning AQŞ dollariga nisbatan 6,9 foizga mustahkamlanişi va qat’iy pul-kredit siyosati ta’sir körsatgan. Şuningdek, bazaviy inflatsiya ham 1,5 foiz punktga pasaydi.
Joriy operatsiyalar hisobi taqçilligi yalpi içki mahsulotga nisbatan 3,9 foizgaça qisqardi. Bunga xomaşyo va xomaşyo bölmagan tovarlar eksporti, şuningdek pul ötkazmalari hajmining importdan yuqori bölgani ta’sir körsatdi. Xalqaro zaxiralar taxminan 13 oylik importni qoplay oladigan darajada saqlanib qoldi. Iqtisodiy faollikning yuqori sur’atlarda ösişi va xomaşyo narxlarining yuqoriligi budjet taqçilligini YaIMga nisbatan 2,1 foizgaça kamaytirişga yordam berdi, bu esa 3 foizlik maqsadli körsatkiçdan past.
2026 yil uçun kutilmalar
XVJ baholaşiga köra, Yaqin Şarqdagi uruş tufayli jahon iqtisodiyotida noaniqliklar kuçaygan bölsa-da, Özbekistonning rivojlaniş istiqbollari ijobiyligiça qolyapti.
«Davom etayotgan islohotlar, barqaror investitsiyalar, yuqori pul ötkazmalari oqimi va oltin narxlarining oşişi sababli real YaIM ösişi 2026 yilda 6,8 foiz bölişi prognoz qilinyapti. Içki talab asta-sekin pasayişi hisobiga ösiş 2027 yilda taxminan 6 foizgaça sekinlaşişi kutilyapti», deyiladi XVJ xulosasida.
Joriy hisob taqçilligi 2026 yilda qisqarişi, biroq 2027 yilda pul ötkazmalari oqimining sekinlaşuvi va oltin narxlari ösişining pasayişi sababli biroz kengayişi mumkin.

Öz navbatida inflatsiya prognozi 6,5 foizdan 6,8 foizgaça oşirildi. Bu u Yaqin Şarqdagi mojarolar tufayli neft narxlarining qimmatlaşgani bilan izohlanyapti. Inflatsiya bosimi tartibga solinadigan narxlarning sekinroq oşirilişi va transport sohasiga vaqtinçalik subsidiyalar berilişi hisobiga yumşatilişi kutilyapti.













