Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiy kuchlar taqsimoti: AQSh oldinda, Yevropa sekinlayapti, Hindiston tezlashyapti
Visual Capitalist portali mutaxassislari tayyorlagan yangi infografika 2025 yilda jahon iqtisodiyotining holatini aks ettiradi va Xalqaro valuta jamg‘armasining World Economic Outlook hisobotining so‘nggi sonidagi prognozlarga asoslangan.
Qiymati 30,6 trln dollar bo‘lgan AQSh iqtisodiyoti Xitoy, Germaniya va Yaponiya iqtisodiyotlarining jami hajmidan ustun. Mamlakatning real yalpi ichki mahsuloti (YaIM) esa bu yil 2 foizga o‘sishi kutilmoqda.
Ma’lumki, AQSh iqtisodiyoti so‘nggi chorak asrda real, inflatsiyaga moslashtirilgan hisobda deyarli 70 foizga o‘sgan. O‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 2,1 foizni tashkil etgan — bu zamonaviy davrdagi o‘nta eng yirik iqtisodiyot orasida uchinchi natija.
Taqqoslash uchun: shu 25 yillik davrda Hindiston uch martadan ortiq tezroq o‘sgan, bu esa uning YaIMni 4,1 trln dollarga yetkazish imkonini bergan. Prognozlarga ko‘ra, Hindiston kelasi yilning o‘zida Yaponiyani ortda qoldirib, dunyodagi to‘rtinchi iqtisodiyotga aylanadi.
Germaniyada esa, aksincha, o‘n yillar davomida sezilarli darajada sust dinamika kuzatilmoqda. 2023 va 2024 yillarda mamlakat iqtisodiyoti qisqargan, bu yil esa o‘sish atigi 0,2 foiz bo‘lishi kutilmoqda. Mehnat unumdorligi o‘sishi zaif bo‘lgan sharoitda Germaniyaning sanoat sektori 2018 yildan beri pasayish holatida.
O‘xshash manzara Yevropaning ko‘plab boshqa mamlakatlarida ham kuzatiladi: u yerda so‘nggi 25 yilda o‘rtacha o‘sish sur’atlari 2 foizdan oshmagan. Masalan, dunyoda hajmi bo‘yicha sakkizinchi iqtisodiyot sanaladigan Italiyada YaIM o‘sishi o‘rtacha atigi 0,4 foiz bo‘lgan, Fransiyada esa bu ko‘rsatkich taxminan 1,2 foizni tashkil etgan.
Rossiya iqtisodiyoti 2,5 trln dollar ko‘rsatkichi bilan ro‘yxatda to‘qqizinchi o‘rinni egallaydi.
Mavzuga oid
07:15 / 15.11.2025
Iqtisodiy o‘sish sur’atlari: 2025 yilning eng tez rivojlanayotgan mamlakatlari
15:57 / 03.11.2021
Iqtisodiy o‘sish darajasi 2022 yilda 5,5-6,5 foiz bo‘lishi prognoz qilinmoqda – Markaziy bank
19:31 / 02.09.2020