Respublika maxsus komissiyasi Özbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining Samara viloyatidan olib keliş uçun “Toşkent – Kinel –Toşkent” temir yöl reysini taşkil etiş töğrisida qaror qabul qilgandi.  

Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati xabariga köra, Rossiya va Qozoğiston tomoni bilan kelişuvga binoan, joriy yilning 31 avgust kuni “Özbekiston temir yöllari” AJ poyezdi 922 nafar özbekistonlik bilan “Kinel” stansiyasidan Özbekistonga jönagan. 

Qayd etilişiça, mazkur poyezd 2 sentabr kuni Samarqand şahriga yetib keldi. 

Bildirilişiça, uşbu reys orqali olib kelingan barça fuqarolar avtobuslarda viloyatdagi karantin zonalariga yetkazildi.