Klub matbuot xizmati uşbu germaniyalik yoş futbolçi bilan 5 yillik şartnoma tuzilgani haqida xabar berdi.
Avvalroq OAVda londonliklar klubi 21 yoşli Havers transferi uçun 70 mln yevro tölaşi haqida aytilgandi. Şuningdek, qöşimça bonuslar közda tutilgan.
Kay Havers 2016 yildan buyon «Bayyer» safida töp surib kelayotgandi. Germaniya olimpiya jamoasi sardori bölgan Havers 2018 yildan Germaniya milliy jamoasiga çaqirila boşlangan.
U yakunlangan mavsumda «Bayyer» safida barça turnirlar doirasida 45 öyinida maydonga tuşib, 18 gol urgan va 9 golga uzatma bergan.
- Qayd etiş joizki, «Çelsi» yozgi transferlarda eng faol klub böldi. Londonliklar bungaça «Ayaks»dan Hakim Ziyoş (40 mln. yevro), «Leypsig»dan Timo Verner (53 mln. yevro), «Lester»dan Ben Çiluell (50,2 mln. yevro), «PSJ»dan Tiago Silva (erkin agent) va «Nitssa»dan Malang Sarrni (erkin agent) öz safiga qöşib olgandi.








