Bugun, 5 sentabr kuni AOKAdagi matbuot anjumanida 2019 yilgi paxta terimida majburiy mehnat holatlari köproq aniqlangan viloyatlar ma'lum qilindi. Bu haqda kasaba uyuşmalari federatsiyasi raisi örinbosari Baxtiyor Mahmadaliyev axborot berdi.

“Agarda 2019 yil yakuni böyiça köproq qaysi viloyatlarda majburiy mehnat holatlari aniqlanganini aytadigan bölsak, murojaatlarning 21 foizi Qaşqadaryo viloyatidan, 20 foizi Jizzax va 11 foizi Toşkent viloyatidan kelib tuşgan”, dedi rais örinbosari.

Ta'kidlanişiça, 2019 yilda mamlakatdagi korxonalarning 3900 nafarga yaqin xodimlari paxta terimiga jalb etilgan.

Şuningdek, anjuman davomida Baxtiyor Mahmadaliyev kasaba uyuşmalarida yuridik klinika borligini ta'kidlab, klinika bajaradigan işlar haqida ham ma'lumot berdi.

“Bu yerda kasaba uyuşmasi a'zosi bölişidan qat'i nazar fuqarolarga bepul yuridik xizmat körsatiladi. Aholining barça qatlamidan, ayniqsa mehnat munosabatlari yuzasidan yöllangan murojaatlar körib çiqiladi.

Yuridik klinika 14 ta viloyat birlaşmasida faoliyat körsatmoqda. Yuridik klinika qoşida “1092” qisqa raqamli koll-markaz taşkil etilgan”, dedi u.

Ma'lumot berilişiça, 2019 yilda kasaba uyuşmalariga jami 7580 ta, xususan paxta mavsumida 433ta murojaat kelib tuşgan.