Turk politsiyaçilari Istanbulda dunyodagi eng qimmatbaho maşinalardan biri hisoblangan Lamborghini maşinasidan tarvuz sotgan erkakni 165 dollar jarimaga tortişdi. Bu haqda Hürriyet Daily News naşri xabar berdi. 

Voqea 2 sentyabrda yuz bergan. Qimmatbaho sportkardan tarvuzlar sotilişi videosi internetda ommalaşib ketgaç, huquq-tartibot idoralari maşina egasini avtomobil raqami böyiça izlaşga tuşib ketgan.

Ta'kidlanişiça, uşbu antiqa holat ötkinçi odamlar e'tiborini tortgan va tez orada tarvuz oliş uçun turnaqator navbat yuzaga kelgan. 
 
Aniqlanişiça, qidirilgan erkak eronlik bloger bölib çiqqan. U tarvuz bilan savdo qilişini ijtimoiy tarmoqlar orqali efirga uzatgan. U tarvuzlarni kilosi uçun 5 turk lirasidan (67 sent) sotgan. 

Bloger 3 sentyabrda uşlangan. Unga “transport vositasidan haydovçilik guvohnomasida körsatilmagan maqsadda foydalaniş” ayblovi qöyilgan. Bloger jarimani tölab bergaç qöyib yuborilgan, ammo 15 kunga guvohnomasidan mahrum etilgan.

Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, Turkiyada minilgan Lamborghini Aventador maşinasi 5 mln turk lirasi (672 ming dollar) atrofida turadi.