Zamonaviy hayot sur'ati va nosoğlom ovqatlaniş yurak-tomir tizimi holatiga salbiy ta'sir körsatadi. Turkiyalik parhezşunos şifokor Fotima Baysal Yusufning ta'kidlaşiça, soğlom yurak garovi töğri ovqatlaniş hisoblanadi. U buning uçun ovqatlaniş ratsioniga qöşilişi kerak bölgan mahsulotlarni sanab ötdi.

Mutaxassisning aytişiça, sarimsoq tomirlarga yaxşi ta'sir körsatadi va yurak-tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi. Yusufning tavsiyasiga köra, har kuni bir bölak sarimsoq yeyiş kerak. Bundan avval uni yaxşilab ezğilab oliş lozim.

Baliq va baliq yoği tromblar hosil bölişiga qarşilik körsatadi, ularda saqlanuvçi omega-3 yoğ kislotalari yuqori darajadagi antioksidant xususiyatlarga ega. Şifokor gril yoki buğda pişirilgan baliqni yeyişni tavsiya qilgan.

Yonğoq va funduk omega-3 kislotalari, Ye vitamini, magniy va kletçatkaga boy. Mutaxassis haftada uç martagaça fundukdan 6-7 dona, yonğoqdan esa 2-3 dona iste'mol qilişni tavsiya qilgan.

Ziğir uruğlari ham yurak-tomir kasalliklari oldini oladi. Mutaxassis kuniga bir oş qoşiqdan maydalangan ziğir uruğini yogurt yoki suyuq ovqatga qöşib tanovul qilişni tavsiya qilgan.

Suli, javdar va kepakli buğdoy uni V va Ye vitaminlari evaziga soğliqqa ijobiy ta'sir körsatadi.

Kök çoy esa antioksidant xususiyatlarga ega polifenollarga egaligi hisobiga yurak-tomir kasalliklari rivojlanişi oldini oladi. Şifokor qora çoy yoki qahva örniga kök çoy içişni tavsiya qilgan. Bundan taşqari, mavrak (şalfey) va moyçeçak (romaşka) damlamasi ham yaxşi ta'sirga ega. 

Mutaxassis, şuningdek, qizil rangli uzum, pomidor va tarvuzning ham yurakka foydali ekanini ta'kidlab ötgan.