Xitoyning Siçuan provinsiyasi Tszyatszyan uyezdidan Toşkentga umumiy oğirligi 300 tonna bölgan yuqori sifatli kök çoy ortilgan 10 ta yuk maşinasi jönatildi, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Xitoyning “Sinxua” axborot agentligi ma’lumotlariga köra, mazkur yuk Siçuan provinsiyasi tomonidan 2026 yilda eksportga yönaltirilgan çoyning birinçi partiyasidir.
Qayd etilişiça, yuk maşinalari Şinjon-Uyğur avtonom tumanidagi nazorat-ötkaziş punkti orqali davlat çegarasini kesib ötadi. Şundan söng Xitoy–Qirğiziston–Özbekiston yönalişi böyiça harakatlanib, Toşkentga yetib kelişi rejalaştirilgan.
Agentlikning ta’kidlaşiça, sönggi yillarda Tszyatszyan hududida çoy sanoati işlab çiqariş tuzilmasi eksportga yönaltirilgan tarzda qayta şakllantirilmoqda. 2025 yilda mazkur uyezddan eksportga yetkazib berilgan çoyning umumiy hajmi qiymat jihatidan taxminan 29 million AQŞ dollarini taşkil etgan.
Şuningdek, Tszyatszyan uyezdi Siçuan provinsiyasi uçun Özbekistondagi birinçi çet el çoy omborini taşkil etgani va yetkazib beriş geografiyasi dunyoning 20 ga yaqin mamlakat va mintaqalarini — jumladan, Rossiya, Marokaş hamda boşqa davlatlarni qamrab olgani ma’lum qilindi.
2025 yil yakunlariga köra, Özbekistonning Xitoy bilan taşqi savdo aylanmasi 17,2 milliard dollardan oşgan, Xitoyning Özbekiston taşqi savdosidagi uluşi esa 21,2 foizni taşkil etgan.













