Kun.uz manbasi xabar qilişiça, sönggi kunlarda şifoxonada davolanişda bölgan Ğayrat Begaliyev 8 sentabr kuni olamdan ötgan.
Hokimning vafoti Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tasdiqlandi. Vazirlikning aniqlik kiritişiça, marhumda ikki tomonlama pnevmoniya, ötkir yurak va nafas yetişmovçiligi, yurak işemik kasalligi aniqlangandi.
Ğayrat Begaliyev 2020 yil 4 martdan beri Mirişkor tumani hokimi lavozimida işlayotgan edi. U Mirişkor tumani hokimligiga kelgunga qadar köp yillar davomida Qarşi tumani hokimi bölgan.
Mirişkor tumani hokimligi matbuot xizmati xabariga köra, 6 sentabr kuni Mirişkor tumani hokimi örinbosari Mansur Rahmonov vafot etgandi.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda rasmiy statistikaga köra koronavirusdan vafot etganlar soni 358 nafarni taşkil etmoqda. Ular orasida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi Musa Yerniyazov, Buxoro viloyati hokimi Karim Kamolov, Qoraqalpoğistonning Qonliköl tumani hokimi Davlat Tolibayev ham bor.









