Joriy yilning 7 sentabr kuni soat 15:00larda, Samarqand viloyati Samarqand tumani hududidan ötuvçi mahalliy, içki avtomobil yölida yöl-transport hodisasi sodir böldi.
Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, haydovçi, 1993 yilda tuğilgan Ş.M. “Lasetti” rusumli avtomobilni boşqarib ketayotib, yölning öng tomonidan çap tomoniga yugurib ötayotgan piyoda, 2013 yilda tuğilgan S.S.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.
Natijada, piyoda, voyaga yetmagan, 7 yoşli S.S. oğir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam ölimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Barça ota-onalardan farzandlariga e'tiborli bölişlarini, voyaga yetmagan farzandlarini avtomobil yöllarida yolğiz harakatlanişiga yöl qöymasliklarini sörab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.












