Qayd etilişiça, maktabgaça ta'lim muassasalari oçilişi faqatgina xalq deputatlari Kengaşi va sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati ruxsati bilan hamda muayyan MTTga qatnovçi bolaning ota-onasi roziligi bilan amalga oşiriladi.
14 sentyabrdan boşlab uşbu jarayon butun Respublika böylab bosqiçma-bosqiç ötkaziladi. Birinçi örinda, katta va 5-7 yoşli tarbiyalanuvçilar tayyorlov guruhlari oçiladi. Bu 5 yoşgaça bölgan bolaning ijtimoiy masofa saqlaşi va gigiyena qoidalariga amal qilişdagi qiyinçiliklari bilan izohlanadi.
Masalan, bola özi uşlagunça boşqa bolalar öynagan öyinçoqni oğziga olib borişi mumkin. Örta guruhlarning, ya'ni 4-5 yoşdagi bolalar guruhlarining oçilişi oktabr oyiga, kiçik guruhlarning (3 yoşdagi bolalar) oçilişi noyabr oyiga möljallangan.
Oçiliş muddatlari mamlakatdagi epidemiologik vaziyat qarab özgarişi mumkin.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda karantin talablarini qisqartiriş maqsadida Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2020 yil 5 sentyabrdan maktabgaça ta'lim taşkilotlari va umumta'lim maktablarining faoliyatiga ruxsat berilgandi.
Qarorga köra, uşbu obektlar quyidagi sanitariya talablariga rioya etişi talab etiladi:
- xodimlar va bolalarning (tarbiyalanuvçilarning) soğliği holatini doimiy nazorat qiliş (tana haroratini muntazam ölçab boriş), tana harorati 37 daraja va undan yuqori bölgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bölgan xodimlar va bolalarni (tarbiyalanuvçilarni) maşğulotlar çetlatiş;
- xodimlar tibbiy niqobdan foydalanişi va ijtimoiy masofani saqlaşi;
- sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qat'iy rioya etiş, bino xonalarni doimiy ravişda dezinfeksiya qiliş, ularga kiriş-çiqiş joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «töşak»lar bilan jihozlaş;











