Jizzax erkin iqtisodiyot zonasidagi ADM-Jizzakh 2020 yilning noyabr oyidan boşlab eng yangi modellardan bölgan - KIA Seltos va KIA K5 avtomobillarini yiğişni boşlaydi. Bu haqda Roodell kompaniyasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, zavodda kelgusida jahonga maşhur qator brendlar avtomobillarini işlab çiqariş yölga qöyiladi. Özbekistonda işlab çiqarilgan avtomobillar hamkor dilerlik tarmoqlari orqali MDH davlatlariga eksport qilinadi.

- Mutlaqo yangi bölgan xususiy avto işlab çiqarişning yölga qöyilişi - Özbekiston bozori uçun şunçaki tijorat yangiligi emas, balki olib borilayotgan yangi islohotlar, ham investorlar, ham iste'molçilar uçun yangi şaroitlarning yaratilişi natijasidir, – ta'kidladi Roodell boş direktori Doniyor Davlatyorov. – Işonç bilan aytişimiz mumkinki, mamlakatda haqiqatan ham avtomobil tarixining yangi davri boşlanmoqda, u biratölasi bir neçta global avtomobil brendlarining işlab çiqarila boşlaşi, ya'ni özbek bozoriga kirib kelişi bilan boğliq. Biz yangi investorlar uçun makon, butlovçi qismlarni işlab çiqariş va distributsiyalaş bozorini şakllantiriş, dilerlik va logistika markazlarini quriş uçun şaroit yaratmoqdamiz. Faoliyatimizning dastlabki yilida turli uçta maşhur avtobrendlarning avtomobillarini işlab çiqarişni yölga qöyişni rejalaştirganmiz.
Ayni paytda Jizzax EIZda zavod qurilişining yakuniy bosqiçi davom etmoqda va turli konfiguratsiyaga ega bölgan avtomobillarni işlab çiqariş uçun möljallangan ikkita texnologik liniyasini örnatiş böyiça tayyorgarlik işlari olib borilmoqda.

Birinçi bosqiçda zavodning işlab çiqariş quvvati yiliga 25 ming donani taşkil etadi. Ikkinçisida - 2022 yil yakuniga qadar payvandlaş, kuzovni böyoqlaş va yiğuv sexlari işga tuşirilganidan keyin uşbu körsatkiç 100 mingtaga köpayadi.
Avtomobil butlovçi qismlarini işlab çiqarişni mahalliylaştiriş hamda mahalliy, xorijiy korxonalar uçun yangi istiqbollarni yaratiş va işlab çiqarilgan avtomobillarni eksportini ta'minlaş ham Roodell kompaniyasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.













