10 senyatbr kuni Fuqarolik kodeksining yangi tahriri loyihasiga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi. Unda söz olgan Boş prokuratura boşqarma katta prokurori Jamşid Qöşilov neustoyka terminini özbekça muqobiliga almaştiriş masalasi körilayotganini ma'lum qildi.

«Neustoyka atamasini «lafzsizlik tölovi» deb özgartiriş böyiça ijroçilar tomonidan taklif kiritilyapti. Bu sal noörin bölardi. Çunki neustoyka undiriş masalasi boşqa xorijiy davlatlar qonunçiligida ham bevosita bor. Neustoyka faqat yozma huquqiy munosabatlarda qöllaniladigan atama hisoblanadi. Lafzsizlik degan tuşunçani özbek imlo luğatidan kördik, bu söz xalq orasida aynan oğzaki kelişuvlarda qöllanilişi ma'lum böldi. Bu masalani qayta körib çiqib, sodda şaklda neustoyka terminining özini qoldiriş maqsadga muvofiq böladi. Boş prokuratura keyingi muhokamalarda ham Fuqarolik kodeksining yangi tahriri böyiça öz fikrlarini berib boradi», – dedi Jamşid Qöşilov.

Neustoyka nima?

Neustoyka – şartnomadagi biror majburiyatni vaqtida bajarmaganlik uçun ikki tomonning biridan olinadigan jarima.

Amalda Fuqarolik kodeksining 260-moddasiga köra, qonun hujjatlari yoki şartnoma bilan belgilangan, qarzdor majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdipda kreditorga tölaşi şart bölgan pul summasi neustoyka hisoblanadi.