Ma'lum qilinişiça, uşbu jinoiy guruh röyxatdan ötmagan mobil qurilmalarni Özbekiston çegarasi orqali harakatlangan fuqarolarning nomlariga noqonuniy yöllar bilan röyxatga qöyiş, şaxslarga doir ma'lumotlarni qonunga xilof ravişda yiğib, saqlab, ulardan ğarazli niyatlarda foydalanib kelgan.
«Aniqlanişiça, Özbekiston Respublikasi fuqarosi O.A. şeriklari M.B. va T.R.lar bilan tuzgan özaro jinoiy rejaga köra qöşni davlatlarga ötişib, u yerda Özbekistonga kirib kelayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarolarining pasport ma'lumotlarini telefon yordamida rasmga tuşirib, Telegram tarmoği orqali yuborib, belgilangan tartibda röyxatdan ötkazilmagan mobil qurilmalarni UzIMEI tizimi orqali uşbu fuqarolar nomiga röyxatdan ötkaziş bilan şuğullanib kelişgan.
Birgina fuqaro B.M.ning uyali aloqa vositasi közdan keçirilganida, telefon xotirasida Özbekiston fuqarolarining 200ga yaqin pasport rasmlari borligi, u uşbu pasport ma'lumotlarni yiğib, jinoiy şerigi O.A.ga yetkazib bergani uçun har bir pasportga 5 AQŞ dollardan haq olgani ma'lum böldi.
Mazkur holat yuzasidan Davlat bojxona qömitasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1412-moddasining 2-qismi «a» va «v» bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov organiga yuborildi», – deyiladi Davlat bojxona qömitasi axborotida.
Xabarda uç nafar ayblanuvçi haqida ma'lumotlar keltirilmagan.
Eslatib ötamiz, sönggi vaqtlarda mobil qurilmalarni UzIMEI tizimidan röyxatdan ötkaziş şov-şuvli masalaga aylangan edi. Xorijdan kelgan köplab fuqarolar özlari bilan olib kelgan mobil telefonlarini röyxatdan ötkazmoqçi bölganida, ularning nomiga allaqaçon boşqa mobil qurilmalar UzIMEI tizimidan röyxatdan ötkazilgani ma'lum bölayotgandi.













