Maktabgaça ta'lim vaziri Agrippina Şin boğçalar pandemiya şaroitida qanday işlaşi haqida ma'lumot berdi. Uning aytişiça, boğçalarni oçişda bolalar xavfsizligi birinçi öringa qöyiladi, boğçaga kelmaydigan bolalarning örni ham saqlab qolinadi.
MTTlar bosqiçma-bosqiç oçilişi rejalaştirilgan. Ularning oçilişi uçun xalq deputatlari mahalliy kengaşlarining roziligi talab etiladi.
«14 sentyabrdan birinçi navbatda katta guruhlar, ya'ni 5-6 yoşli bolalar guruhlari oçiladi. Çunki bu yoşda bolalar ijtimoiy masofa saqlaş, sanitariya qoidalariga amal qilişni tuşunişadi.
Keyinroq, 1 oktyabrdan örta yoşli bolalar guruhlarini oçişni, noyabrdan esa kiçik, ya'ni 3 yoşli bolalar guruhlarini oçişni rejalaştirganmiz.
Kiçik yoşli bolalar guruhlari hali tartib-qoida nimaligini bilmaydi, ular orasida ijtimoiy masofa saqlaş juda qiyin. Şuning uçun biz MTTlarni oçişni bosqiçma-bosqiç örgangan holda amalga oşirmoqçimiz», – dedi Agrippina Şin 10 sentyabrdagi matbuot anjumanida.
Ma'lum qilinişiça, MTTlar 14 sentyabrdan faoliyat boşlasa, ota-onalarning 16 martdan keyingi kunlarga qilingan yarim oylik tölovlari oy oxiriga qadar hisoblanadi.
14 sentyabrdan viloyatlarda ham davlat boğçalari oçilişi boşlanadi












