Guljahon Yöldoşeva koronavirusga çalingan oğir ahvoldagi bemor ölimiga sababçi bölişda ayblanmoqda va unga nisbatan «Kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik» moddasi böyiça jinoiy iş oçilgan. Bundan taşqari, u 250,8 mln söm budjet mablağlarini talon-toroj qilişda ham ayblanmoqda va JKning 167-moddasi 3-qismi «a» bandi hamda 207-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayblanuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb etilgan.
«2020 yil 10 avgust kuni fuqaro Ş.Minbayev Çirçiq şahar prokuraturasiga murojaat qilib, Çirçiq şahridagi yuqumli kasalliklar şifoxonasida ikki tomonlama pnevmoniya va Covid-19 taşxisi bilan oğir ahvolda davolanayotgan qarindoşi F.Rustamov 01.08.2020 yilda Toşkent viloyati Yuqumli kasalliklar şifoxonasi xodimlari tomonidan viloyat Ruhiy asab kasalliklari dispanseriga ötkazilgani va 02.08.2020 yilda uning soğliği yomonlaşib vafot etgani, şu sababli aybdor şaxslarga qonuniy çora körişni söragan.
Mazkur holat yuzasidan Çirçiq şahar prokuraturasi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 116-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Aniqlanişiça, bemor F.Rustamovning somatik holati oğirligi, unda nafas yetişmovçiligi mavjudligi va reanimatsion muolajalarga muhtojligiga qaramasdan Yuqumli kasalliklar şifoxonasi boş şifokorining körsatmasi bilan uşbu bemor oğir ahvolda viloyat Ruhiy asab kasalliklari dispanseriga yuborilgan.
Şu bilan birga, Toşkent viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasida F.Rustamov nomiga yuritilgan kasallik tarixida bemor Covid-19 kasalligidan töliq tuzalgani haqida soxta ma'lumot kiritilgan.
Bundan taşqari, Toşkent viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasida budjet va budjetdan taşqari mablağlarning maqsadli sarflanişi yuzasidan ötkazilgan nazorat tadbiri davomida jami 250,8 mln. söm budjet mablağlari rastrata yöli bilan talon-toroj qilingani aniqlandi.
Toşkent viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasi boş şifokori G.Yu. bir neça marta tergovga çaqirilganiga qaramasdan uzrli sabablarsiz körsatilgan muddatlarda kelmagan.
2020 yil 8 sentabr kuni şifoxona boş şifokori G.Yu. majburiy tartibda tergovga olib kelinib, JKning 167-moddasi 3-qismi «a» bandi hamda 207-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayblanuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb etildi», deyiladi xabarda.
Ayblanuvçi tergov harakatlarini amalga oşirişga tösqinlik qilayotgani, öziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmayotgani, u tomonidan sodir etilgan jinoyat oğir jinoyatlar turkumiga kirişi, şuningdek, uning jinoiy faoliyat bilan şuğullanişiga barham beriş, qoçib ketişining, dalillarni yaşirişi yoki yöq qilib yuborişining oldini oliş maqsadida protsessual tartibda uşlanib, sudning 9 sentyabrdagi ajrimi bilan unga nisbatan «qamoqqa oliş» ehtiyot çorasi qöllangan.








