Ijtimoiy tarmoqlarda köpçilik qatnaşgan töy videosi tarqaldi. Mazkur holat Toşkent şahar IIBB mas'ul xodimlari tomonidan örganildi.
IIBB axborot xizmati xabariga köra, video 9 sentabr kuni Toşkent viloyati Toşkent tumanida olingan bölib, u yerga 29 yoşli Ahmadjon T. kuyov sifatida örtoqlari bilan kelgan. Bundan taşqari, Ahmadjon T. töyini Şayxontohur tumanidagi uyida taşkillaştirgan va töyga 40 nafardan ortiq mehmonlar kelişgan.
Mazkur fakt asosida Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 54-moddasi (“Epidemiyalarga qarşi kuraş qoidalarini buziş”) böyiça ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.

“Hurmatli fuqarolar! Karantin çeklovlarining yumşatilişi koronavirus infeksiyasi yöqolganidan darak bermaydi.
Sizdan quyidagi sanitariya-epidemiologiya qoidalariga rioya qilişingizni söraymiz: jamoat joylarida tibbiy niqob taqib yuriş zarur, şuningdek ijtimoiy masofa saqlaş muhimdir, töy tadbirlarini 30 kişi iştirokida ötkaziş lozim. Özingizni va yaqinlaringizni asrang, salomat böling”, - deyiladi IIBB ma'lumotida.












