Ta'kidlanişiça, bu haqidagi ma'lumot bahordayoq paydo bölgan, biroq oxirgi vaqtda uşbu operatsiyaning aniq tafsilotlari paydo bölgan.
Nişon sifatida Lana Marksning tanlanişiga sabab uning AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uzoq vaqtdan beri döst tutingani ekani taxmin qilinmoqda.
Ta'kidlanişiça, JARdagi elçiga suiqasd Eronning generalning öldirilişiga öç oliş variantlaridan biri hisoblanadi.
Eronning Islom inqilobi muhofizlari korpusi qömondoni general Qosim Sulaymoniy 3 yanvarga ötar keçasi AQŞning raketa zarbasi natijasida Bağdod aeroporti yaqinida halok bölgandi. Oq uyda Sulaymoniy va uning tarafdorlari amerikalik diplomatlar va harbiylarni öldirişga tayyorlangan, deb hisoblangan.
General ölimidan keyin Eron Vaşingtondan öç olişning 13 variantini taqdim qilgan. Eron xavfsizlik kengaşi kotibi Ali Şamhaniy ta'kidlaganidek, uşbu variantlardan eng “beozori” ham AQŞ uçun dahşatga aylanişi mumkin.










