Koronavirusga qarşi ştab a'zosi Sevara Ubaydullayeva AOKAda ötkazilgan brifingda fuqarolar tomonidan yöllangan savollarga javob qaytardi.

«Bunday bemorlar kasallikni antibiotiklar va boşka kuçli dori vositalarisiz yengişlari mumkin. Bu holatlarda şifokorlar tavsiyasi va nazoratida immun tizimni qöllab turiş, şaxsiy gigiyena qoidalari hamda karantin talablariga rioya qiliş öta muhim hisoblanadi», degan u.

Şuningdek, koronavirusga çalinganlarga quyidagilar tavsiya etiladi:

  • tomoqni kuniga kamida 8 marta tez-tez turli eritmalarda çayib turiş;
  • kun davomida 3-4 litrdan ortiq suyuqlik içiş;
  • soğlom ovqatlaniş, ovqat ratsionida meva va sabzavotlarning bölişi;
  • S vitaminiga boy mahsulotlar: limon, na'matak, malina çoylarni içiş, bulğor qalampiri, piyoz va kökatlar iste'mol qiliş;
  • şu bilan birga, tez-tez nafas gimnastikalari, yengil yuriş va  maşqlarni bajarib turiş.

Brifingda koronavirus yuqmasligi heç kimga kafolatlanmagani aytib ötildi.

larga yuqmasligi haqida ma'lumotlar mavjudmi, deya berilgan savolga ham javob qaytarildi.

«JSST tomonidan bu kasallikka hamma çalinişi mumkinligi töğrisida ma'lumot berilgan. Bugungi kunda niqob taqib yuriş, ijtimoiy masofa saqlaş, qöllarni doim sovunlab yuviş yoki antiseptik vositalar bilan işlov beriş hamda imkon qadar özini alohidalagan şaxslarga kasallik yuqiş ehtimoli pasayadi yoki virus organizmga tuşişi kamayadi. Odamlar bilan muloqotni umuman çeklagan insonlarga virus yuqmasligi mumkin.

Biroq ta'kidlaş lozimki, bugungi pandemiya davrida inson hayoti davomida bu infeksiya bilan baribir töqnaşadi va öşa davrda koronavirusning kasallik çaqiriş qobiliyati kamaygan bölsa, bu kasallikni yengil keçirişi mumkin.

Şuningdek, bugungi kunda kasallanib ötganlar organizmida neytral antiatanaçalar hosil bölsa, bu insonlarda turğun immunitet hosil bölişi va koronavirusga qayta çalinmasligi töğrisida Yevropa olimlari tadqiqotlari natijasi böyiça ma'lumot berildi», dedi ştab a'zosi.