Samarqand viloyatidagi 38 ta maktabda 14 sentyabrdan an'anaviy ta'lim tarzida öqiş boşlanadi. Bu haqda viloyat xalq ta'limi boşqarmasi ma'lum qildi.

Boşqarma 14 sentyabrdan an'anaviy ta'lim boşlanadigan maktablar röyxati e'lon qilindi. Quyidagi maktablarda bugun, 14 sentyabrdan öquvçilar maktabga borib ta'lim olişni boşlaydi:

  • Kattaqörğon şahrida 2, 3 va 5-sonli maktablar;
  • Bulunğurda 2-sonli maktab;
  • Iştixonda 7 va 26-sonli maktablar.
  • Kattaqörğon tumanida 2, 17, 20, 27, 36, 41, 50, 56 va 93-sonli maktablar;
  • Narpayda 50 va 61-sonli maktablar;
  • Oqdaryoda 20 va 12-sonli maktablar;
  • Pastdarğomda 51-sonli maktab;
  • Paxtaçida 2 va 17-sonli maktablar;
  • Samarqand tumanida 2, 4, 6, 10, 13, 14, 16, 21, 25, 33, 34, 36, 39, 43, 44 va 54-sonli maktablar.

Oldinroq Samarqand şahrida maktablar 21 sentyabrdan avval oçilmasligi ma'lum qilingandi. Şuningdek, öqituvçilarida koronavirus aniqlangani e'lon qilingan Jomboy, Urgut va Payariq tumanlarida ham maktablar hozirça oçilmaydi.