OChL. «Paxtakor» 10 kishi qolib, 90+7-daqiqadagi gol evaziga «Al Hilol»ga mag‘lub bo‘ldi

Qatarda restart olgan Osiyo Chempiionlar ligasi «B» guruhi 3-turi doirasidagi markaziy o‘yin «Al Hilol» va «Paxtakor» o‘rtasida o‘tkazildi.
Uchrashuvning dastlabki bo‘limida Shota Arveladze shogirdlari o‘yin jihatdan raqibdan ustunlik qilgan bo‘lishsa-da, Igor Sergeyev bir qator golli vaziyatlardan foydalana olmadi. Saudiyaliklar esa bo‘lim oxirida italiyalik Sebastian Jovinkoning jarima zarbasidan kiritgan ajoyib goli evaziga tanaffusga g‘olib sifatida chiqishdi.
Ikkinchi bo‘limning 65-daqiqasida esa Gomis bilan yakkama-yakka vaziyatga qolgan Eldor Suyunov jarima maydoni tashqarisida to‘pni qo‘li bilan o‘ynab, maydondan chetlatildi.
Bir kishi kam bo‘lishga qaramay, zaxiradan maydonga tushgan Eren Derdiyo‘q 70-daqiqada hisobni tenglashtirdi – 1:1.
Ammo hakam tomonidan qo‘shib berilgan 7 daqiqaning so‘nggi soniyalarida Bahebrining kuchli zarbasi Anzur Ismoilovga tegib, darvozadan joy oldi – 2:1.
Ushbu mag‘lubiyatdan keyin «Al Hilol» 9 ochko bilan guruhda 1-o‘ringa chiqib olgan bo‘lsa, «Paxtakor» 6 ochko bilan 2-o‘ringa tushdi.
14 sentabr (dushanba)
OChL. 3-tur
«Al Hilol» (Saudiya Arabistoni) - «Paxtakor» - 2:1
Hakam: Ko Xyun Jin (Janubiy Koreya).
Gollar: Sebastyan Jovinko 45+2, Bahebri 90+7– Eren Derdiyo‘q 70
«Al Hilol»: 1.Abdulloh Al Muayuf, 9.Sebastyan Jovinko, 12.Yosir Shahroni, 16.Nossir Al Davsari (27.Xotan Bahebri,82), 17.Abdulloh Al Hafiz, 18.Bafetimbi Gomis, 19.Andre Karrilo, 20.Jan Xyun Su, 22.Amir Kurdi, 28.Muhammad Kanno, 29.Salim Al Davsari,
Zaxira: 31.Abdulloh Al Jadani, 40.Navaf Al Gamdi, 5.Ali Xodi Al Bulayhi, 8.Abdulloh Otayf, 23.Madallah Ali Ololayan, 32.Muteb Al Mufarrij, 35.Mansur Al Beshf, 54.Muhammad Al Kunaydiri, 70.Muhammad Jahfali.
«Paxtakor»: 25. Eldorbek Suyunov, 3. Hojiakbar Alijonov, 5. Anzur Ismoilov, 9. Jaloliddin Masharipov, 10. Dragan Cheran, 11. Igor Sergeyev (77. Eren Derdiyo‘q, 63), 15. Yegor Krimets, 17. Dostonbek Hamdamov (35. Sanjar Quvvatov, 66), 20. Odiljon Hamrobekov, 27. Sardor Sobirxo‘jayev (21. Abrorbek Ismoilov, 66), 34. Farrux Sayfiyev (4.Akrom Komilov, 85).
Chetlatish: Eldorbek Suyunov 65.
Shahri Xo‘dro – Shabob Al Ahli – 0:1.
Tavsiya etamiz
Trampning savdo urushi: u Xitoyga yon berdimi?
Jahon | 22:28 / 20.05.2025
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
Iqtisodiyot | 22:11 / 20.05.2025
Nima qilsa muzqaymoq bolalarning tomog‘ini og‘ritmaydi? – pediatr maslahati
Jamiyat | 17:23 / 20.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev Sloveniya prezidenti bilan birga qo‘shma biznes forumda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 23:48 / 22.05.2025
-
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘irlik sodir etdi
Jamiyat | 23:34 / 22.05.2025
-
“Putinga yoqish uchun aytilgan gaplar” - ekspertlar Kobyakovning bayonoti haqida
Jahon | 23:21 / 22.05.2025
-
Daniyada pensiya yoshi oshiriladi
Jahon | 23:20 / 22.05.2025
Mavzuga oid

14:08 / 14.04.2025
«Paxtakor» yana yutqazdi, peshqadam yana o‘zgardi

13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam

03:09 / 12.03.2025
«Paxtakor» «Al Hilol»ga yirik hisobda yutqazib, Elit OChLni tark etdi

23:19 / 04.03.2025