Prezident Şavkat Mirziyoyev «Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorni imzoladi.
Qaror bilan xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi joriy qilinmoqda hamda uning asosiy yönalişlari belgilanmoqda.
Jumladan:
- taşqi mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlik rivojlantiriladi, xorijdagi vatandoşlar taşkilotlari va özbek diasporalari bilan aloqalar mustahkamlanadi;
- xorijga işlaşga ketişdan oldin fuqarolar kasb-hunarga va xorijiy tillarga öqitiladi, ularga kasbiy malakani tasdiqlovçi xalqaro sertifikatlar beriladi;
- mehnat migrantlari moliyaviy va ijtimoiy qöllab-quvvatlanadi, ularning hayoti va soğliğini suğurtalaş amaliyoti kengaytiriladi, ular uçun madaniy-ma'rifiy tadbirlar taşkil etiladi;
- mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan şaxslar reintegratsiya qilinadi, şu jumladan, ularning bandligi ta'minlanadi, kasbiy malakasi oşiriladi va tadbirkorlik taşabbuslari rağbatlantiriladi.
Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi hududiy filiallarining işi quyidagi tartibda taşkil etiladi:
- hokimlar hududiy filiallarga umumiy rahbarlik qiladi hamda ularga yuklatilgan vazifalar samarali bajarilişini ta'minlaydi;
- hududiy filial rahbarlari bir vaqtning özida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimining yordamçilari hisoblanadi;
- hokimliklar mahalliy budjetning qöşimça manbalari hisobidan hududiy filiallarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş hamda faoliyatiga malakali mutaxassislarni jalb qiliş çoralarini köradi;
Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi huquqlar berilmoqda:
- xorijiy iş beruvçilar va ularning vakillari bilan bevosita kelişuvlar tuziş hamda tuzilgan kelişuvlarga asosan fuqarolarni işga yuboriş;
- xorijiy mamlakatlarning hududiy migratsiya va boşqa davlat organlari bilan aloqalar örnatiş va muzokaralar ötkaziş, xorijdagi vatandoşlar taşkilotlari bilan hamkorlik qiliş;
- xorijiy (xalqaro) moliya institutlari migratsiya sohasini rivojlantirişga ajratiladigan grantlarini jalb qiliş.
2021 yil 1 yanvardan








