«Qonun loyihasi qöşni davlatlar, yaqin va uzoq xorijdagi diniy vaziyatni, şuningdek, Özbekiston xalqining köp asrlik tarixi va madaniy-tarixiy an'analarini inobatga olgan holda işlab çiqilgan», deyiladi xabarda.
Qayd etişiliça, qonun loyihasini tayyorlaşda xalqaro me'yorlar talablari, birinçi navbatda, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar töğrisidagi xalqaro pakt hamda BMTning Inson huquqlari böyiça qömitasining umumiy tartibdagi şarhlari inobatga olingan.
Yangi tahrirdagi qonun loyihasi 6 bob, 49 moddadan iborat bölib, bir qator özgartirişlarni öz içiga oladi. Loyihada «diniy tarkibiy materiallar», «noqonuniy diniy faoliyat», «diniy taşkilot» va boşqa şu kabi tuşunçalarga ta'rif berilgan. Şuningdek, vijdon erkinligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yönalişlari va tamoyillari hamda uşbu sohadagi vakolatli davlat organlarining vakolatlari bayon etilgan.
Fraksiya yiğilişida iştirok etgan Adliya vaziri örinbosari Xudoyor Meliyevning Kun.uz'ga bildirişiça, mazkur qonun loyihasi Özbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 22 iyundagi farmoni bilan tasdiqlangan Inson huquqlari böyiça Milliy strategiyani amalga oşiriş böyiça «yöl xaritasi» ijrosini ta'minlaş doirasida işlab çiqilgan.
«Qonun loyihasining dolzarbligi şundaki, ötgan davr mobaynida e'tiqod erkinligi va diniy taşkilotlar faoliyati bilan boğliq vujudga kelgan yangiça munosabatlar amaldagi qonun normalari bilan töliq qamrab olinmagan. Sohadagi köplab masalalar qonunosti hujjatlari bilan tartibga solib kelinmoqda. Masalan, amaldagi qonunning 14-moddasi tahririy özgartirişlar bilan köçirilgan.
Bunda Özbekiston Respublikasi fuqarolar (diniy taşkilotlarning xizmatidagilar bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurişlariga yöl qöyilmasligi haqidagi qoida bekor qilinmoqda, çunki ibodat libosi tuşunçasining huquqiy ta'rifi mavjud emas. Bundan taşqari, işçi-xodimlarning kiyiniş madaniyati va taşqi körinişi har bir taşkilot va muassasaning özining içki tartib qoidalari bilan tartibga solinadi.
Davlat taşkilotlari va muassasalarining içki tartib-qoidalarida xodimlarning öz xizmat vazifasini bajarişiga uning diniy mansubligi ta'sir qilmasligi, xodimning taşqi körinişi va «dress-kodi»ga tegişli aniq talablar dinga boğlamagan holda körsatilişi lozim», deydi u.
Qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan parlament quyi palatasiga kiritilgan bölib, 49ta moddadan (amalda 23ta) iborat.
Uşbu qonun loyihasi 15 sentabr kuni quyi palata yalpi majlisida körib çiqilişi belgilangan.












