“Va nihoyat yana bir mantiqsiz va köpçilikka noqulaylik keltirgan jazo yöqolayapti”, – deya ma’lum qildi deputat Rasul Kuşerbayev.
2021 yil iyul oyida “Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida”gi qonunning yangi tahriri qabul qilingan edi. Fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurişlariga yöl qöymasligi haqida eski qonunda belgilangan modda yangi qonunga kiritilmagan.
Şunday bölsa-da, buning uçun javobgarlik amaldagi Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda saqlanib qolmoqda. Unga köra, jamoat joyida diniy libosda yurganlar BHMning 5 baravaridan 10 baravarigaça miqdorda jarimaga tortilişi yoki 15 sutkagaça ma’muriy qamoqqa olinişi mumkin.
Biroq, dekabr oyida Adliya vazirligi davlat xizmatçilarining odob-axloq kodeksi loyihasini muhokamaga qöyganida bu mavzu yana bahslarga sabab bölgandi.
“Davlat taşkilotlarida barça xodimlarga iş joyida bir xilda ularning siyosiy va mafkuraviy qaraşlarini yoki dinga munosabatini aks ettiruvçi liboslarda böliş yoki belgilarni taqib yuriş taqiqlanadi”, deya yozilgan loyihada.
Xalq ta’limi vazirligi maktab formasi böyiça talablar özgarmaganini eslatdi













