Demensiya köpinça keksa yoşlilarda kuzatilib, ular orasida nogironlik va giyohvandlikning asosiy sababçilaridan biri hisoblanadi. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma'lumotlariga köra, har yil 7,7 million yangi demensiya holatlari qayd etiladi. Bu raqam 2050 yilga kelib 131,5 millionga köpayişi mumkin.
Bu kasallikning aniq davosi yöq. Ammo avstraliyalik pensionerlar bilan ötkazilgan tajriba kundalik odatlardagi oddiy özgarişlar neyroplastikani uzoqroq saqlaşga imkon berişini körsatdi.
Tajribada demensiya rivojlanişining ilk belgilari aniqlangan 65 yoşdan oşgan 119 kişi iştirok etdi. Ular ikki guruhga bölinib, turmuş tarzidagi özgarişlar qisqa vaqt içida odam soğliğiga qanday ta'sir qilişi taqqoslandi.
Iştirokçilar ovqat ratsionini özgartirişdi. Köproq miya maşqlari, şuningdek, jismoniy va maxsus maşqlar bilan şuğullanişdi. Tajriba 8 hafta davomida ötkazilib, olti oydan söng natijalar baholandi. Iştirokçilarda kasallik rivojlanişining pasayişi kuzatildi.
Tadqiqot hammuallifi Mitçell Makmasterning aytişiça, kasallik rivojlanayotgan paytda ham töğri parvariş bilan yetarli darajada neyroplastiklikni saqlab qoliş mumkin.
Demensiya önlab yillar davomida heç qanday taşqi alomatlarsiz rivojlanişi mumkin. Ötkazilgan tajribalar esa davosi yöq uşbu kasallikning oldini oliş uçun yoşlikdanoq soğlom turmuş tarziga rioya qiliş kifoya ekanligini körsatmoqda.








