16 yanvardan boşlab, www.1hls.uz platformasi orqali bir sutka davomida 10 ming va undan ortiq qadam yurgan fuqarolarga 3 ming söm pul mablaği beriş tizimi töxtatiladi.
Bu haqda ma’lum qilgan Turizm va sport vazirligi mazkur yangilikni piyoda yurişga rağbatlantirişning yangi mexanizmiga ötilayotgani bilan izohladi.
Biroq, kuniga kamida 10 ming qadam yurganlarga 3 ming söm tölanişi haqidagi qoida prezidentning 2020 yildagi farmonida belgilangan. Vazirlik farmon ijrosini töxtatişiga asos böluvçi prezident hujjati qabul qilingani haqida esa biror ma’lumot yöq.
Turizm va sport vazirligiga köra, bugungi kungaça www.1hls.uz platformasida röyxatdan ötgan özbekistonliklar soni 1 million nafardan oşgan.
“Ammo bu yetarli va kutilgan natija emas. Dastlab platforma işga tuşirilganda qiziquvçilar va röyxatdan ötgan foydalanuvçilar soni köpaydi, ammo vaqt ötgani sari faollik keskin pasaydi hamda bugungi kunga kelib doimiy ravişda sutkasiga ön ming qadam va undan köproq yuruvçi fuqarolar soni 3 barobarga kamaydi”, deya izohlamoqda tizim boşqaruvçisi.
Ta’kidlanişiça, mutaxassislar va jamoatçilik takliflariga asosan, aholini yanada köproq kunlik yuriş va yugurişga jalb qiliş maqsadida rağbatlantiriş tizimini özgartiriş, 3 ming söm örniga kattaroq sovrinlar qöyiş maqsadga muvofiq, degan xulosaga kelingan.
Şunga muvofiq, “Soğlom turmuş tarzi” platformasida quyidagiça tartibga ötiladi:
1) Özbekiston hududida bir sutka davomida 10 ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoşdagi aholi örtasida, har hafta yakunlari böyiça, quyidagi sovrinlar öynaladi:
- 1 kişiga 100 million söm miqdorida pul mukofoti;
- 1 000 kişiga velosiped.
2) Uşbu sovrinlar öyini har hafta yakunlari böyiça “Sport” telekanalida jonli efirda tasodifiy tanlab oliş mexanizmi orqali ötkaziladi.
3) Şaffoflik va xolislikni ta’minlaş, turli qinğir yöllar orqali soxta natijalarni qayd etişga yöl qöymaslik maqsadida jamoatçilik faollari, IT-mutaxassislari, jurnalist va blogerlardan iborat Jamoatçilik nazorati kengaşi taşkil etiladi hamda barça jarayonlar ustidan qat’iy nazorat olib boriladi.








