Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötgan yiğilişda aholi orasida soğlom turmuş tarzini ommalaştiriş masalasi körib çiqildi.
Badantarbiya qiliş, yuguriş, velosiped haydaş kabi odatlarni tarğib qiliş, yengil kasalliklarni ham dori bilan tuzatişga örganib qolişning oldini oliş zarurligi qayd etildi. Bu yönalişda tuşuntiriş işlarini, ayniqsa 30 yoşdan katta aholiga möljallangan ommaviy dasturlarni köpaytiriş muhim ekani körsatib ötildi.
Sport vazirligiga 30 yoşdan katta aholini ommaviy sport bilan qamrab oliş dasturini yölga qöyiş topşirildi.
Prezident «mahalla yettiligi»ni odamlarni jismoniy maşq, yuriş, yuguriş, velosiped haydaşga çorlaşda faol iştirok etişga çaqirdi.
Professional va maktablarda faoliyat yuritayotgan sport trenerlarini mahallalarga biriktiriş, tibbiyot brigadalari, oilaviy şifokor va poliklinikalar işiga aholini töğri ovqatlaniş va soğlom turmuş tarzini örgatiş böyiça yangi yondaşuvlarni joriy qiliş muhimligi qayd etildi.
Mahallalarning jismoniy faollik reytingi tuzilişi, eng yaxşi mahalla va oilalarni rağbatlantirilişi belgilandi.








