Indoneziya huquq-tartibot idoralari mahalliy jinoiy tödalar yetakçilarini koronavirus pandemiyasi şaroitida niqob taqiş va ijtimoiy masofa saqlaş rejimi ortidan nazorat qilişga jalb qilmoqçi. Bunday rejani mamlakat parlamentida milliy politsiya rahbari örinbosari Gatot Pramono taqdim etgan.

Uning ta'kidlaşiça, gap jinoyat olami yetakçilarini xizmatga yollaş haqida bormayapti. “Biz şunçaki avtoritetlarni koronavirus oldini olişdagi muayyan vazifalarni bajarişga jalb qilmoqdamiz”, deb aytgan Pramono.

Politsiyaçining tuşuntirişiça, bozorlar va avtoturargohlar mafiya tomonidan nazorat qilinadi. Şu sababli jinoiy tödalar bunday joylarda muayyan qoidalarga rioya qilinişi, misol uçun, niqob taqilişini ta'minlaşlari mumkin. Şu bilan birga, politsiya va harbiylar jinoiy guruhlar a'zolari bu jarayonda inson huquqlarini buzmasliklari ortidan nazorat olib boradi.

Bundan taşqari, Indoneziyaning Gresik okrugida niqobsiz holda tutilgan erkaklarni keskin tarzda jazolaşga qaror qilindi: ular koronavirus qurbonlariga qabrlar qazişga jönatilmoqda. 

Ta'kidlanişiça, qabrlar qazişga ilk 8 nafar qoidabuzar jönatilgan. 

Mahalliy hokimiyat vakili jurnalistlarga okrugda faqatgina 3 nafar görkov qolganini va şu sababli ularga bunday “yordam” ortiqçalik qilmasligini aytgan.

Oxirgi haftalarda Indoneziyada koronavirusga çalinganlar soni ortib bormoqda. Eng oğir vaziyat poytaxt Jakartada kuzatilmoqda, bu yerda 15 sentyabrdan yana qat'iy çeklovlar kiritilgan. 

Oxirgi ma'lumotlarga köra, mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 225 mingdan oşib ketgan, virusdan vafot etganlar soni 8,9 mingdan köproqni taşkil qilmoqda.