Yaponiyada birinçi marta yoşi 100dan oşgan 80 mingdan köproq fuqaro qayd qilindi. Bu haqda Kyodo axborot agentligi xabar berdi.
Yaponiya soğliqni saqlaş, mehnat va ijtimoiy ta'minot vazirligi ma'lumotlariga köra, 2020 yilda mamlakatda uzoq umr köruvçilar soni 2019 yildagiga nisbatan 9 ming 176 nafarga köpayib, jami 80 ming 450 nafarga yetgan. Ulardan 88,2 foizini ayollar taşkil qilar ekan.
Ta'kidlanişiça, yuqoridagi körsatkiç qatorasiga 50 yildan beri ösib kelmoqda. Bu boradagi tadqiqotlar 1963 yildan beri olib boriladi. Öşanda Kunçiqar mamlakatda yoşi 100 dan oşganlar soni bor-yöği 153 nafarni taşkil qilgan, 1981 yilga kelib ular ming nafardan, 1998 yilda esa 10 ming nafardan oşgan. Bundan ijobiy körsatkiçga asosan tibbiyotning taraqqiy etgani va yangi texnologiyalar kiritilgani evaziga erişilgan.
Ma'lumotlarga köra, 2019 yilda Yaponiyada örtaça umr köriş davomiyligi ayollar orasida 87,45 yoşni, erkaklar orasida esa 81,41 yoşni taşkil qilgan. Bu ham öziga xos rekord hisoblanadi.
Fevral boşida 112 yoşli yaponiyalik Titetsu Vatanabe dunyoning amaldagi eng keksa kişisi sifatida Ginness rekordlar kitobiga kiritilgandi.













