Belarus: Yevroparlament muxolifatni va Lukashenkoga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatladi
Payshanba kuni Yevroparlament Belarus bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi, unga ko‘ra mamlakatdagi prezidentlik saylovlari natijalarini tan olmaslik, Mariya Kolesnikova va boshqa barcha siyosiy mahbuslarni ozod qilish hamda Svetlana Tixanovskaya va Belarus muxolifatining Muvofiqlashtiruvchi kengashini qo‘llab-quvvatlash ifoda etilgan.

Yevropalik qonun chiqaruvchilar Rossiyaning Belarus siyosatiga «gibrid aralashuvi»ni ham qoralashgan.
Yevroparlament Belarus xalqini demokratiya uchun kurashda to‘la qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
Ushbu rezolyutsiya 574 nafar yevrodeputat tomonidan ma'qullangan, 37 nafari qarshi chiqqan, 82 nafari esa betaraf qolgan.
Shu tariqa, yevroparlamentariylar YeI davlatlari tashqi ishlari vazirlari tutgan pozitsiyani qo‘llab-quvvatlashgan, avvalroq vazirlar rasmiy Minskka nisbatan sanksiyalar qo‘llashga qaror qilishgandi.
Yevroparlamentariylar sanksiyalar ro‘yxatiga Lukashenkoning o‘zini ham kiritishni tavsiya qilishgan, avvalroq Latviya, Litva va Estoniya xuddi shunday yo‘l tutgandi.
Yevroparlament rezolyutsiyasi ittifoq davlatlarini Lukashenkoni 9 avgustdagi saylovlarda xalqaro standartlardagi qoidalar qo‘pol ravishda buzilgani uchun Belarus prezidenti sifatida tan olmaslikka chaqiradi.
Buning o‘rniga YeI muxolifatning xalqaro kuzatuvchilar ishtirokida yangi saylovlar o‘tkazish to‘g‘risidagi chaqirig‘ini qo‘llab-quvvatlaydi.
- Rezolyutsiya tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lib, u YeI institutlari tomonidan ijro etilishi majburiy emas, ammo ular uchun siyosiy oriyentir vazifasini bajaradi.
Rezolyutsiya YeI mamlakatlarini va «boshqa demokratik davlatlar»ni Xalqaro hokkey federatsiyasidan mamlakatdagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat o‘zgarmas ekan, Belarusni 2021 yilgi jahon chempionatini Latviya bilan birgalikda o‘tkazish huquqidan mahrum qilishni talab qilishga chaqirgan.
Qonunchilar shuningdek, Belarusdagi namoyishlar qattiqqo‘llik bilan bostirilishini qoralashgan va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan zo‘ravonlik to‘xtatilishi va tinch namoyishlarda qatnashgani uchun qo‘lga olinganlarning barchasi ozod etilishini talab qilishgan. Shuningdek, namoyishchilarning o‘limi bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha mustaqil tekshiruv o‘tkazilishi talab qilingan.
Yevroparlament «siyosiy va ijtimoiy hayotda barcha manfaatdor tomonlar uchun ochiq bo‘lgan Muvofiqlashtiruvchi kengashning rolini ma'qullagan va uni Belarusdagi demokratik o‘zgarishlarni talab qilayotgan odamlarning vakili sifatida qabul qilgan».
YeI «Svetlana Tixanovskaya, Veronika Tsepkalo va Mariya Kolesnikova boshchiligidagi jasur belarus ayollarining hissasi»ni alohida ta'kidlagan va belaruslarning ko‘pchiligi Tixanovskayani saylovlar g‘olibi va saylangan prezident sifatida tan olishi qayd etilgan.
Yevroparlament Boltiq bo‘yi davlatlaridan o‘rnak olgan holda kuch ishlatar tuzilmalar rahbarlari va Lukashenko boshchiligidagi amaldorga qarshi sanksiyalar ro‘yxatiga «Lukashenko rejimini qo‘llab-quvvatlashga shaxsan jalb etilgan rossiyaliklar»ni ham kiritishni tavsiya etgan.
Bundan tashqari, Yevroparlament a'zolari ittifoq a'zolarini Belarusni tark etishni istovchilar uchun gumanitar yo‘lak taqdim etib, ularning viza olishini soddalashtirishga chaqirgan.
Rezolyutsiya «Rossiya Federatsiyasining Belarus ichki ishlariga gibrid aralashuvini, jumladan, Belarus davlat nashrlariga media-ekspertlar, harbiy sohalarga maslahatchilar yuborilgani»ni qoralagan.
Hujjat matni Belarus va Rossiyaga yuboriladi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
NYT: Ilon Mask Trampning saylovoldi kampaniyasi vaqtida giyohvand moddalar iste’mol qilgan
Jahon | 09:00
-
Tojikistondan 16 kg giyohvandlik vositasi olib kelgan shaxsga sud hukmi o‘qildi
O‘zbekiston | 08:28
-
Bryanskda yo‘lovchi poyezd ustiga ko‘prik quladi. Qurbonlar bor
Jahon | 05:14
-
«PSJ» finalda «Inter»ga 5 ta gol urdi
Sport | 01:49
Mavzuga oid

18:24 / 31.05.2025
«Kimgadir yoqadimi-yoqmaydimi, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda davom etamiz» - Abdulaziz Komilov

13:41 / 31.05.2025
AQSh Rossiyaga yangi sanksiyalar bilan tahdid qildi

11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi

09:03 / 28.05.2025